- muammoni hal qilish uchun g‘oyalarni topish;
- g‘oyalarni ularning ahamiyatliligiga qarab tartiblash;
- faol fikrlash malakasini shakllantirish;
- kutilmagan g‘oyalarni paydo bo‘lish jarayonini namoyish qilish;
- topilgan g‘oyalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
Aqliy hujum qoidalari:
- g‘oyalarni ilgari surilishi bosqichida tanqid taqiqlanadi;
- original hatto fantastik g‘oyalar rag‘batlantiriladi;
- barcha g‘oyalar yozib boriladi yoki qayd qilinadi;
- agar ma'qul topsa muallifning o‘zi ham yozib boradi;
- “aqliy hujum” metodida qatnashchilar bir-biri bilan yuridik va
ma'muriy jihatdan bog‘liq bo‘lmasligi zarur;
- tahlilchilar guruhi nisbatan samarali g‘oyalarni tahlil qiladi, sintez
qiladi, baholaydi va tanlaydi;
- ushbu tadbirni o‘tkazishda Keynsning “ iqtisodchilar adashsalar ham
ularni g‘oyasi kelajak uchun xizmat qiladi” degan qoidasiga amal qilish.
Natija:
- talabalar tomonidan muayyan nazariy bilimlarni puxta o‘zlashtirishga
erishiladi;
- vaqt ajratiladi va qilinadi;
- har bir talaba faollikka intiladi;
- ularda erkin fikrlash layoqati shakllanadi.
“SWOT-tahlil” metodidan foydalanish
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.