Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash Providing the integrity of music education in instrumental performance Tashkent, Uzbekistan 11 hisoblanadi. O‟zbek xalqining boy musiqa merosini o‟rganish va uni keng omma
ichida targ‟ib qilish ishlari san‟atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir
ijrochilari zimmasida bo‟lmog‟i zarur. Chunki bizning davrimizgacha yetib kelgan
ulkan musiqiy merosning ustozdan shogirdga bevosita o‟tishida tabarruk zotlar
ko‟prik vazifasini o‟tash bilan birgalikda, o‟zlarining ijodlari bilan ham namuna
bo‟lganlar.
O„zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijyor, murabbiy, jamoat arbobi,
kompozitor Doni Zokirov ajoyib qo„shiq, roman, musiqali drama, balet, simfonik va
xalq
cholg„ulari
orkestri
uchun
bastalagan
musiqiy
asarlari
bilan
XX asr o„zbek musiqa madaniyatini boyitdi.
O„zbekistonda ko„p yillardan beri salmoqli ijod qilib kelayotgan Doni Zokirov
nomidagi “O„zbek xalq cholg„ulari orkestri” faoliyatiga nazar tashlab, ular ijrosidagi
musiqalarni tahlil qilib ko„rsak bu ijrolardagi nafislik, umumiy jo„rnavozlik,
dinamika, sozandalarning o„zaro bir-birlarini va musiqani qanchalik teran his
qilishlarini kuzatishimiz mumkin. Bunday jamoada uzoq vaqt ishlagan sozandalar
faqat mohir sozandalargina bo„lib qolmasdan, o„zbek xalq musiqasi, bastakorlarimiz
asarlarining puxta bilimdoni bo‟lib yetishganliklarining guvohi bo„lamiz.
Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, o'zbek va qoraqalpoq xalqlari qadim
zamonlardan buyon birodarlikda yonma-yon yashab kelayotganining guvohi
bo'lamiz. O'zbek zaminida paydo bo'lgan va taraqqiy etgan har bir san‟at turi borki,
qoraqalpoq zaminida ham mazkur san‟at turiga xos ham mazmunan ham shaklan bir
xil voqe‟likni guvohi bo'lish tabiiydir. Shu ma'noda o'zbek va qoraqalpoq milliy
musiqa san‟ati ham bir-birini to'ldiruvchi va o'zaro chambarchas bog'liqdir.
Doni Zokirov nomidagi “O'zbek xalq cholg„ulari orkestri” bilan birga 2003
yildan boshlab o‟z ijodimni boshlaganman va orkestr bilan eng birinchi ijro etgan
qo‟shig‟imiz ustoz san‟atkor Dashitbay Qayipov repertuarlaridan O‟mirbay Xojanov
so‟zi, Marxabay Jiyemuratov musiqasiga “Sag‟inish” qo‟shig‟i bo‟ldi. Bu qo‟shiq
xalqimiz qalbidan joy olgan lirik janrdagi qo‟shiq bo‟lib, “o„zbek xalq cholg„ulari
orkestri” bilan birinchi marta yangicha sayqal berilib ijro qilingani, asarning yangicha
usulda dunyoga kelganini bildiradi va biz bundan yanada kuch olib yangi asarlar
ustida ishlay boshladik, Qoraqalpoq klassik shoiri Ajiniyoz so‟zi, Abdireyim
Sultanov musiqasiga “Ko‟zlerim”, Tolibay Qabulov so‟zi, Avazbek Mallaboyev
musiqasiga “Qaraqalpaqstan bul”, Farida Afruz so‟zi, Hikmat Rajabov musiqasiga
“O‟zbekiston o‟zimniki”, Halima Axmedova so‟zi, Qahramon Komilov musiqasiga
“Tutash tomirlar” asari, shuni alohida aytib o‟tish lozimki “Tutash tomirlar” asari
o'zbek va qoraqalpoq xalqlarining bir-biri bilan o'zaro bog'liqligini ifodalaydi va
yuqorida aytilgan so'zimizning dalilidir.