Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash Providing the integrity of music education in instrumental performance Tashkent, Uzbekistan 12 Doni Zokirov nomidagi “O'zbek xalq cholg„ulari orkestri” bilan birga ishlash
jarayonida orkestr dirijyori asosiy repertuardagi qiyin o„rin olgan qo‟shiqlarni bir
necha bor takrorlab va nihoyat uni yod olib, tanlangan asarlar ijrosida u o„z e‟tiborini
musiqa asaridagi badiiy obrazlarni yaxlitligicha talqin qilishga, asar shaklini o„z ijrosi
bilan umumlashtirishga qaratar edi. Bunda albatta, asardagi barcha ko„rsatma va
belgilarga to„la rioya qilishga e‟tibor berish san‟atkorning rivojlanishiga yordam
beradi.
Bu asarlarni orkestr uchun boshida Qahramon Komilov, keyinchalik dirijyor,
bastakor va mohir sozanda, professor Hikmat Rajabov cholg'ulashtirib boshladi va
yigirmadan ortiq qoraqalpoq xalq qo‟shiqlari, qoraqalpoq kompozitorlarining asarlari
O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining oltin fondiga yozib olindi. Bugungi
kunda bu qo‟shiqlar Oʻzbekiston va Qoraqalpog‟iston teleradiokompaniyalari orqali
muntazam yoritib borilmoqda va asarlarning o‟zgacha yangi usulda yaralishining
asosiy sababi, o‟zbek milliy cholg‟u asboblari chang, qonun, qo'shnaylardan
foydalanib ijro etilganidadir.
Bundan keyingi yillarda dirijyor, Hikmat Rajabovning O'zbekiston davlat
san‟at va madaniyat instituti talabalaridan tashkil qilingan orkestri bilan biz o‟z
ijodimizni davom ettirib, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, dirijyor va
kompozitor Qurbanbay Zaretdinov musiqasi, Sag‟indiq Embergenov so‟zi
“Sening ko‟zlaring”, sigan xalq qo‟shig‟i “Ochi chyornie” va bir qator Qozoq, Tojik,
Ozarbayjon xalq qo'shiqlari ijro qilinib, xalqimizga taqdim etildi hamda ushbu asarlar
yozilgan disklar Koreya Respublikasi va bir qancha chet el davlatlariga yuborildi.
Hurmatli Prezidentimizning 2020 yil 2 oktyabr kuni Qoraqalpog'iston
Respublikasiga
tashrifi
davomida
Nukus
shahrida
O'zbekiston
davlat
konservatoriyasi Nukus filialini tashkil etish to'g'risida taklif bildirgan edi. Bu
yurtboshimizning qoraqalpoq madaniyati va san‟ati bilan qoraqalpog'istonlik
yoshlarga bo'lgan e‟tibori va g'amxo'rligining ifodasi bo'lishi bilan bir qatorda
san‟atsevar yoshlarimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi, desak aslo
mubolag'a
bo'lmaydi.
O'zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2021 yil 5 apreldagi “O'zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini tashkil
etish to'g'risida”gi 186-sonli qarori asosida 2021-2022 o'quv yilidan boshlab
konservatoriyaning Nukus filiali tashkil etildi. Bugungi kunda filialdа “Musiqa
san‟ati”
fakulteti,
“Umumkasbiy
va
ijtimoiy
gumanitar
fanlar”
va “cholg„u ijrochiligi” kafedrasi faoliyat yuritib, yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini
mazmunli tashkil etish maqsadida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti
Muyassar Razzoqova, O'zbekiston davlat san‟at va madaniyat instituti professori,
dirijyor Hikmat Rajabov, xalqaro tanlovlar g'oliblari – Ayapbergen Utegenov,
Xurshid Beknazarovlar bilan uchrashuv kechalari, mahorat darslari yuqori saviyada