Widget O’rnatilgan tizimlar dasturiy ta’minoti murakkab o’rnatilgan tizimlarni(MO’T) va maxsus asboblik vositalarini qo’llashda muxim rolь o’ynaydi. O’rnatilgan tizimlarni loyixalashda dasturiy loyixaga va bunday loyixalarni boshqarish xususiyatlariga maxsus e’tibor berish kerak.
Asosiy ta’riflar Dasturiy ta’minot–tizimni qa’tiy maxkamlanmagan (soft - yumshoq) ammo o’zgartirish mumkin bo’lgan kismi.O’zgartirilmaydigan tizimlar(hard- qattiq), masalan,o’z tarkibida dasturiy ta’minotga ega tarmoqli kommutator, apparat ta’minot deb xisoblanadi.
Real vaqtdagi operatsion tizim (RVOT) –bu o’rnatilgan tizimni resurslarini ajratish va taqsimlash vositasi.
Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller (DMK, PLC) - professional dasturlovchi emas balki so’nggi foydalanuvchi tomonidan dasturlanovchi kontroller.DMK odatda foydalanuvchi o’zi qurishi mumkin bo’lgan modullar-konstruktorlar yig’iniko’rinishida chiqariladi. Odatda DMK tarkibiga protsessorli modulь va bir necha kiritish-chiqarishi modullari kiradi.
MO’T dasturiy ta’minotini xususiyatlari O’rnatilgan tizimlarni dasturiy ta’minoti xususiyatlariga quyidagilar kiritiladi:
Realvaqt;
Ishonchlilik;
Xavfsizlik;
Apparatlarni kichik resurslari (xotira, tezkorlik, elektrmanbaa);
Ishga solishni og’ir sharoitlari.
O’rnatilgan tizimlarni dasturiy ta’minoti quyidagi usullari bilan quriladi: