Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

“Bahor kechasi”
deb atalgan she’-
rida ko‘klam tunini hech bir ijodkor nazari 
ilg‘amagan yo‘sinda tasvirlaydi: 
“Quyosh botib 
ketdi. Bir tutam nuri Varrak dumlariga ilashib 
qoldi”.
Milliy poeziyamizda Toshkent ko‘kla-
mining bundan ham samimiy va koloritli 
qilib chizilgan she’riy manzarasi yo‘qdir. Shoir 
bu she’rida poetik kayfiyatidan kelib chiqib, 
ko‘klamgi tafsillarning hammasi va har birida 
go‘zallik, nur, ezgulik ko‘radi va o‘z tuyg‘usini 
o‘quvchilarga ham yuqtiradi. She’rni: 
“Qanday 
odam sevmas umr bahorin! Qalblarni bir umr 
tark etma, sevgi!” 
− tarzidagi da’vat bilan tuga-
tadi. Bu ifodada yalang‘och chaqiriq bo‘lmagani 
uchun ham o‘quvchiga kuchli ta’sir qiladi.
Shukrullo ko‘p qirrali shaxsiyat egasi edi. 
Demakki, uning ijodi ham serqirra bo‘lgan. 
Adibning dostonlari, romanlari, publitsistik 
maqolalari, esselari, son-sanoqsiz suhbatlari 
atroflicha ilmiy tahlilga munosib. Biz otaxon 
shoirimizning birgina she’riyati yuzasidan o‘z 
qarashlarimizni bayon etdik. O‘ylaymizki, um
-
rining so‘nggi daqiqasiga qadar faqat Haq va 
xalqni degan, har qanday sharoitda ham adolat 
va haqiqatga xiyonat qilmagan ijodkorning 
barcha qirralari tadqiq etiladi. Zero, Shukrullo 
manfaatga egilmagani, o‘z iste’dodini nafsi
-
ga xizmat qildirmagani bilan Qaysin Quliyev, 
Mustay Karim, Rasul Hamzat, Chingiz Aytma
-
tov singari badiiy so‘z gigantlarining hurmatiga 
sazovor bo‘lgan, 2015-yili Turk dunyosining yil 
odami deb rasman tan olingan yirik shaxsiyat 
egasi edi. 
Shukrullo ijodini o‘rganish, adabiyot tanuv 
ilmi uchun foydali bo‘lganidek, juda uzoq yillar 
taqiq va cheklovlar sharoitida yashagan san’at
-
korning bitiklariga xos qirralarni anglab yetish 
o‘qirmanlarga yoqimli tuyg‘ular bag‘ishlaydi va 
keksa adibning navqiron poetik bog‘i mevalari
-
dan bahramandlik ularda shaxslik tuyg‘ularini 
kuchaytiradi. Haq yo‘lida bir asr yo‘l bosgan 
shoir Shukrullo shaxsiyati va ijodi bilan avlod
-
larga o‘rnak bo‘lajak.
27
adabiy-ijtimoiy jurnal
Haq va xalqni degan, har qanday 
sharoitda ham adolat va haqiqatga 
xiyonat qilmagan ijodkorning 
barcha qirralari tadqiq etiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


28
NAZM

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin