ganiday aks ettirishga uringani yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Shoir
“Rashk”
she’rida:
“Shaftoli
gulining rangi oq pushti, Oshiqlar qalbiga endi
o‘t tushdi”,
deb yozar ekan, misralarda aks
etgan holatni hamma uchun yagona univer
-
sal hayotiy reallik deb da’vo qilmay, qismda
butunni, tomchida daryoni aks ettirishga
urinadi.
Shoir ruhida nafaqat odamlar, balki
bepoyon olamdagi barcha narsalar zohir
etgani kabi o‘zini ham hech narsadan ayro
ko‘rmaydi. Shu bois hech ikkilanmay, da
-
raxtning yaproq larini o‘zi
bitgan maktublar,
ularning sirli shitirlashini esa, dard-u se-
vinchlari sifatida taqdim etaveradi:
Sen meni sog‘insang, daraxtlarga boq,
Yelpingan har yaproq mening xatlarim.
Quloq sol. Kuylagan yaproqmas mutloq,
Mehr qo‘y, u mening sevinch, dardlarim.
Ma’lumki, ijodkor qanday obrazni
qalamga olmasin, aslida, o‘zini tasvirlay
-
di. Har bir odamga olam boriday emas,
balki o‘sha odamning holat-u kayfiyati
ko‘targaniday ko‘rinadi. Nitshe aytmoqchi:
“Dunyoda mening tasavvurlarimdan o‘zga
hech narsa yo‘q”.
Shu bois ham insonning
haqiqat haqidagi to‘xtamlari o‘ta nisbiydir.
Binobarin, keksa odam nafaqat yoshligi,
balki bolaligini
yozayotganda ham keksalig
-
ini ifodalayotgan bo‘laveradi va aksincha.
Shukrulloning
“Kayf”
she’ridan olingan
quyidagi qatorlarda keksalikdan ozorlangan
kishining yoshlikdagi go‘zallikni qo‘msagan
kayfiyati muhrlangan:
Qushlar ovoziga hamohang, hamroz,
Qani chuldiragan tiniq ariqlar?
Qani o‘sha yillar, qani o‘sha yoz?
Nazarimda, qushlar kuylamas, yig‘lar.
Bu parchada yoshligi olislarda qolgan kishi
holati aks etgan. Shuning uchun ham bir zamon
bog‘dan o‘tgan qizlar sochining hididan
mast bo‘lib yurgan ta’sirchan lirik qahra
-
monga bugun qushlarning shodon sayrashi
yig‘i bo‘lib tuyiladi. Chunki u – qaytmas
bo‘lib ketgan yillarni qo‘msayotgan o‘ksik
qalb egasi. She’rda ijtimoiy fojia yo‘q, lekin
shaxsiy yo‘qotishning
juda ulkan va samimiy,
ortiqcha navozishlardan xoli chin ifodasi bor.
Ayni vaqtda, ko‘pni ko‘rgan oqsoqol shoir
dunyoning bevafoligi, umrning o‘tkinchiligiga
kayvonilarcha bag‘rikenglik bilan yondashadi.
Qalamga olinayotgan tuyg‘ular g‘oyat chi
-
gal, ruhiy vaziyat qaltis, lekin Shukrullo atay
sodda ifoda yo‘sinini tanlaydi. Hayotning ko‘p
sinovlaridan o‘tgan tajribali odam sifatida o‘qir
-
manni:
“Dunyo go‘yo qizil yo sariq olma, Bu yax-
shi, yomon deb yonini olma. ...Ko‘ngildagin aytib
baloga qolma!”
deya ogohlantiradi.
Shoir she’rlarida tabiatni tasvirlar ekan,
avvalo, odam ko‘nglini, sezimlarini ko‘zda tu-
tadi. Shoir uchun kuz shunchaki fasl emas, u
inson umrining muayyan bosqichi ramzi. Shu
bois Shukrullo kuz manzarasi tasviriga kutil
-
magan qo‘shimcha ma’nolar yuklaydi. Kuzning
tarovatsizgina ko‘rinadigan belgilaridan go‘zal
joziba, epkinli harorat topadi:
Yaproqlarni to‘kdi ertangi shamol,
Dimoqqa urildi kuzning havosi.
So‘ramasdan kelar ba’zida ne hol?
Boshlanib qoladi tarnov navosi.
She’rda kuzga o‘zbek dehqonining
nazari bilan qaralganligi uchun yomg‘ir
bevaqt yoq qanday tuyulgani aks etadi.
Shukrullo ayrim she’rlarida
yilning xazon
fasli bo‘l mish kuzni inson umrining xa
-
zon pallasiga muvoziy sanamaydi. Uni
g‘oyat jozibali, tarovat-u husnga to‘la
bir fursat tarzida tasvir etadi. Zero, na
-
faqat yilning, balki umrning kuzi ham
o‘ziga xos go‘zallikka to‘la ekanidan
bo‘lsa kerak, odam ning yashagani sari
yashagisi kelaveradi.
24
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shoir g‘oyat ingichka bir nigoh bilan og‘och larni
tark etishga tayyor bo‘lib turgan omonat yaproq-
larni ketayotgan qo‘noqqa o‘x shatadi:
Tizilishib turar kuzgi yaproqlar,
Go‘yo bular yo‘lga otlangan karvon.
Yozgi safarini tugatdi ular,
Bog‘larimda bo‘lib yoz bo‘yi mehmon.
Nekbin tuyg‘uli shoir ketish fasli bo‘l-
mish kuzning tarovati tasviriga hayotga
muhabbat, kechirilayotgan kundan rozilik
tuyg‘ularini joylay biladi:
“Bezanish, muhab-
bat, atrof oltin rang, Bir nafas quvonib kim
olmas bahra? Kuzgi yaproqlarda bir dunyo
ohang, Go‘yo olam qo‘shiq, rang to‘la sahna”.
Shukrullo ayriliq tufayli chekkan
chuqur iztiroblarini ham ta’sirchan yo‘sinda
poetik ifodalay biladi. Chunonchi, shior-
ning
Dostları ilə paylaş: