Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

Onaning yuragi to‘lib borar, 
quvonchdan ko‘z yoshlarini tiya 
olmasdi. – Topding! Men g‘aribni 
qanday xursand qilish yo‘lini topding!

www.ziyouz.com kutubxonasi


36
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
– Ha…– Ravshan jilmaydi.
Qog‘ozga ko‘zi tushgandayoq ko‘z oldiga 
yoshlik damlari kelib jilmaygandi. To‘qqizin
-
chi sinf davrida geografiya darsida to‘polonchi 
bir sinfdoshidan muallim xaritadan Italiyani 
ko‘rsatishni talab qilgan edi. O‘quvchi bilmagan 
o‘shanda. Shunda o‘qituvchi “Ko‘ri nishi etikka 
o‘xshaydi”, degan edi. Sinfdoshi shunda ham 
topolmagach, muallim “eslab yur” deya etigi 
bilan bir tepib xaritani rosa tushuntirgan edi. 
Ravshan shularni eslab, yozuvsiz xaritadagi 
davlatni topdi, ammo uning kons titutsiyasi qa
-
chon qabul qilinganligini tush ko‘ribdimi?
– Yordam olaman, – dedi sir boy bermas
-
likka urinib.
Marhamat, tanlash ixtiyori sizda! – bidir-
ladi boshlovchi. – Diqqat qiling, javob variant
-
larini o‘qiyman… 

A

variant: 1945-yilda, 

B

variant: 1946-yilda, 

S

variant: 1947-yilda, 

D

variant: 1950-yilda,
Variantlar o‘qildi, ammo Ravshan garang
-
sib turaverdi.
– Marhamat, javobingiz…
Ravshan o‘ylanib xijolat tortdi. Qizarib ket
-
di.
– Xaritadagi davlat Italiya! Buni bilaman, 
ammo konstitutsiyasi qachon qabul qilinganini 
bilmayman…– dedi sekingina.
– Ah, bolam-a… – ekranga tikilib turgan 
ona o‘ksindi. 
– Taxmin ham qilib ko‘rmaysizmi? – so‘ra
-
di boshlovchi.
– Uchinchisi, 

S

variant bo‘la qolsin.
– Qoyilman! Siz g‘alabaga erishdingiz, tab-
riklayman. Garchi o‘yin g‘olibi bo‘lsangiz ham, 
superfinalga chiqolmadingiz. Baribir bizni 
hayratda qoldirdingiz. Hozir hunarmandchilik 
bilan shug‘ullansangiz-da, chuqur bilimga ega 
ekanligingiz ma’lum bo‘ldi. Sizning kelgusi ish
-
laringizda omadlar tilayman. Marhamat, endi 
teleo‘yin haqidagi fikrlaringizni, yaqinlaringizga 
dil izhorlaringizni aytishingiz mumkin.
– Men…– Ravshan tomoq qirib oldi. – 
Mening bu o‘yinda qatnashishim, bir tasod
-
if. Rosti, hammasini onam uchun qildim. 
Onam ni xursand qilish uchun shu ishga qo‘l 
urdim. Asli da, men maktabda ham yaxshi 
o‘qiy olmadim, kollejda ham yetarli bilim
-
ga ega bo‘lmadim. Chunki men otamning 
vafotidan keyin ro‘zg‘or ishlariga ko‘milib 
qolgandim. Yashirmayman, kollejda dam 
olish kunlari mardikor ishlardim. Chunki 
onam mening o‘qib yurishimga pul topib 
bera olmasdi. Men shunga majbur edim. 
Ammo onam doim men uchun kuyib-yondi, 
men va ikki opam uchun tomog‘idan qisdi, 
yangi-yangi libos kiyishdan o‘zini tiydi. Biz-
ni ayadi. Men tarixni yaxshi bilaman, deya 
olmayman, ammo qiziqaman. Bu o‘yinda qat-
nashishim sababi bilimlarimni sinash emas
onamning quvonchini ko‘rish uchun edi… 
Shuning uchun bu yerga onamni ham olib 
keldim. Men bugun bir niyatimga yet dim. 
Mayli, yutqazdim, ammo onam zarracha qu
-
vongan bo‘lsa, yutug‘im shu!
– Bugun boshim ko‘kka yetdi, bolam… – 
o‘ziga-o‘zi pichirladi ona.
– Qoyil! Qoyil! – Boshlovchi boshqa gapi-
rolmay qoldi.
Studiyadagi qo‘shimcha nazorat ekrani 
qarshisida o‘g‘lining so‘zlarini tinglab turgan 
ona ro‘moli uchini yuziga bosganicha hiq-hiq 
yig‘lardi. Shu paytgacha ko‘zlarini ekrandan 
olmagani uchun e’tibor bermagan ekan, uni 
teleo‘yin muallifi bilan keyingi ishtirokchilar 
o‘rab olishgandi. Nogoh yuragi qalqib ketdi.
– Yo, tavbangdan ketay…
– Onajon?! – Ravshan yugurib kelib 
onasi ni quchoqlab oldi.
Onaning yuragi to‘lib borar, quvonchdan 
ko‘z yoshlarini tiya olmasdi. 
– Topding! Men g‘aribni qanday xursand 
qilish yo‘lini topding!
Ona-bola bir-birini qo‘yib yuborishni ista-
mas, ko‘z yoshlarini tiya olishmas, atrofdagi
-
lar bunday noyob lahzani jimgina kuzatishar, 
rejissyor bunday noyob lahzani tasvirga olish 
haqida tasvirchilarga tinmay ishora qilardi…
www.ziyouz.com kutubxonasi


37
TALABANING KO‘NGIL DAFTARI
“Yoshlik” tahririyati hamisha yoshlarning fikr-
mulohazalarini bilishga, bugungi muammolarni 
ularning nigohi bilan ko‘rishga intiladi. 
Shu maqsadda kichik so‘rovnoma o‘tkazildi. 
So‘rovnoma yoshlarning o‘zbek tiliga munosabati 
va ma
s’uliyatining nechog‘li ekanligini 
ko‘rsatishga xizmat qildi
.

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin