35
adabiy-ijtimoiy jurnal
ikki kun ishladi– tomorqa ag‘dardi,
gul o‘tqazdi, pomidor-bodring ekdi,
boshqa ishlarini qildi. Hatto ham
-
momini ham ta’mirlab berdi. Ishni
saranjomlab ustoz-shogird dastur-
xon boshida tanovul qilishar ekan,
o‘qituvchi bir gapni aytdi. “Bobur
Mirzoni bilasan-a? U Alisher Navoi-
yni qattiq hurmat qilar, ustoz deb
bilardi. U bilan ko‘rishishni orzu
qilardi, ammo orzusi ushalmadi. Shunday bo‘lsa
ham, Navoiyning uyida ustozining xotirasiga
ko‘milib, yigirma kun yashaydi. Uning asarlari-
dan bahramand bo‘ladi. Sen ahmoq mening
uyim da ikki kun yashading. Ilm olmagan
bo‘lsang ham, tomorqamdagi ishlardan bahra-
mand bo‘lding. Xafa bo‘lma, sen Bobur, men
Navoiy emasman…”.
– Vaqt tugadi, marhamat, javobingiz…
Ravshan o‘sha voqeani eslab ham alami
keldi, ham quvondi.
– Bobur Mirzo Alisher Navoiyning uyida
yigirma kun yashagan.
– Ofarin! Siz meni butunlay lol qoldirdin-
giz. – Boshlovchi yigit hayratini yashirolmadi.
– Balki, tomoshabinlar ham sizga qoyil qolisha
-
yotgan bo‘lsa ajab emas. Barakalla! Sizga shun-
day bilim, ta’lim-tarbiya bergan ustozlaringizga
rahmat!
– Onamga rahmat aytsam maylimi? –
deya so‘radi u shoshgancha.
Bu so‘zni eshitgan ona karaxt, qarshisidagi
ekranga tikilgancha duo qilardi.
– Voh, bolam-a… Onang aylansin. Sendek
o‘g‘lim borligidan boshim osmon.
– Hurmatli ishtirokchi! – Boshlovchining
so‘zi onaning xayollarini to‘zg‘itib yubordi. –
Siz uchta savolga to‘g‘ri javob berib, uchinchi
shartga yo‘llanma oldingiz. Yana ikkita savo
-
limiz qolib ketdi. Ularni ham o‘ynaymizmi yoki
to‘g‘ridan-to‘g‘ri keyingi shartga o‘tamizmi?
Ravshan bo‘ynini cho‘zib onasiga qaradi.
Onasi stulda bukchayib o‘tiribdi. Bellari ham
og‘rib ketgan bo‘lsa kerak…
– Men onam bilan kelganman. Onam qiy-
nalib qolmasin deyman. Mumkin bo‘lsa, key
-
inga shartga o‘tsak degandim…
Bu gapdan onaning ko‘ngli tog‘day
ko‘tarildi: “Bolaginam-a, iloyo, umringdan
baraka top”.
– Mayli, siz nima desangiz shu! – Boshlov-
chi ham hayajoni va ehtiromini yashirmadi. –
Onani e’zozlagan farzandning istagini biz ham
bajaramiz. Aslida ham, siz keyingi shartga
o‘tishga to‘la haqlisiz.
– Rahmat.
– Demak, uchinchi shartni boshlaymiz.
Teleo‘yin muallifi yugurib keldi-da,
Ravshanning oldiga bir varaq qog‘oz qo‘ydi.
Unda allaqanday xarita bor edi. Xaritaki, tas
-
virlar, shakllar bor-u, birorta yozuv yo‘q. Bir
joyiga yulduzcha belgisi qo‘yilgan. Qog‘ozga
ko‘z tashlagan Ravshan jilmayar ekan bosh
-
lovchi dedi:
– Uchinchi shart shundan iboratki, qo‘lin
-
gizda yozuvsiz xarita bor. Hozir xarita bilan
bog‘liq savol beriladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri javob
bersangiz, bugungi o‘yin g‘olibi bo‘lasiz va
superfinal ishtirokchisiga ham aylanasiz.
Agar javob be rishga qiynalsangiz, variantlar
olishingiz mumkin. To‘g‘ri javobni variantlar
orqali topsangiz, bugungi o‘yin g‘olibi bo‘lasiz,
ammo superfinal ishtirokchisiga aylanmaysiz.
Tushunarlimi?
– Tushundim… – bosh irg‘adi Ravshan.
– Unda diqqat qiling, savolni o‘qiyman.
Xaritada yulduzcha bilan belgilangan davlatda
qachon konstitutsiya qabul qilingan? Savol
tushunarlimi?
Dostları ilə paylaş: