Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)


A

variant: 1925-yilda, 

B

variant: 1930-yilda, 

S

variant: 1935-yilda, 

D

variant: 1937-yilda...
Boshlovchi javob variantida o‘qigan yillar 
Ravshanning qulog‘iga deyarli kirmadi. Uning 
kollejni bitirib, bir idoraga ish so‘rab borgani 
ko‘z oldiga keldi. O‘shanda idora rahbari unga 
bepisandlarcha qarab, “O‘zi kollejlaringda 
normalniy dars berishadimi? Yo umrlaring 
paxta hasharida o‘tib ketganmi? Sizlar hoyna
-
hoy nechanchi yilda poytaxt Samarqanddan 
Toshkentga ko‘chirilganiniyam bilmasanglar 
Hazrat Mir Alisher Navoiy 
yashagan xonadonda Mirza Bobur 
necha kun yashagan?

www.ziyouz.com kutubxonasi


34
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
qizingiz shu yerdan ketmay tursin…” “Bu 
rashkchi qassob kuyovingiz yoshi o‘tib bosilsa 
mayliydi… Ba’zan Amir Nasrullo bo‘p ketadi!” 
degandi tog‘am.
– Hurmatli ishtirokchi, vaqt tugadi. Marha
-
mat, javobingiz…
O‘sha manzarani ko‘z oldiga keltirib turgan 
Ravshan birdan o‘ziga keldi va javob berdi:
– Amir Nasrullo. 
– Bu aniq javobmi yoki taxminmi? – so‘radi 
boshlovchi Ravshanni chalg‘itmoqchi bo‘lib.
– Aniq. – Ravshan qat’iyat bilan dedi.
– Rostini aytsam, meni hayron qoldiryap
-
siz. O‘yin boshida hunarmandman degan edin
-
giz. Sizga qoyil qolyapman!
Ravshan sir boy bermadi.
– Qandaydir o‘zimga tanish savollar tush-
yapti, – deb qo‘ydi.
– Diqqat qiling, keyingi savolni o‘qiyman, – 
dedi boshlovchi. – Agar shu savolga ham to‘g‘ri 
javob bersangiz, siz to‘g‘ridan to‘g‘ri uchinchi 
shartga yo‘llanma olasiz. Diqqat, savol: hazrat 
Mir Alisher Navoiy yashagan xonadonda Mirza 
Bobur necha kun yashagan? Savol tushunarli 
bo‘lsa, variantlarni o‘qiyman. 

A

variant: 10 
kun, 

B

variant: 15 kun, 

S

variant: 20 kun, 

D

variant: 25 kun.
Ravshan o‘zini bu qadar omadli deb bil
-
masdi, ammo bugun toleyi kuldi. Bu savolning 
javobini ham biladi. U kollejda o‘qib yurganida 
onasidan pul so‘ramaslik uchun ko‘pincha mar
-
dikor ishlardi. Ba’zan shanba kunlari ham ishga 
ketib qolardi. Buni biladigan guruh rahbari uni-
ng qoldirgan darslarini hisoblab yurgan ekan, 
aprel oyining boshlarida xonasiga chaqirdi va 
necha soat dars qoldirganini aytdi. “Bu turish
-
da o‘qishdan haydalib ketasan!” deb dag‘dag‘a 
qildi. Ravshan o‘shanda shanba kunlari, ba’zan 
boshqa paytlarda ham mardikorchilik qilib tu-
rishini yashirmadi. “Unday bo‘lsa, mendan 
senga yordam. Bizning hovlidayam picha ish 
bor. Erta shanba-yakshanba shuni qilib bersang
baholaringni to‘g‘rilatib qo‘yaman”, dedi o‘qitu
-
vchi. Ravshan rozi bo‘ldi. U domlasining uyida 
kerak...” degandi. Ravshan chindan savolning 
javobini bilmasdi. Yer chizib qolgandi. Qabul-
xonadan mulzam bo‘lib chiqqach, uyga kelib
bobosidan so‘raganini esladi: “Bolam, shuniyam 
bilmaysanmi, 1930-yilda ko‘chirilgan. O‘sha 
yili onam rahmatlik dunyodan o‘tgan edi”, deb 
siniqqina jilmayib qo‘ygandi bobosi.
– Vaqt tugadi, marhamat, javobingiz…– 
Boshlovchining so‘zlari Ravshanning xayollari
-
ni to‘zg‘itib yubordi.
– 1930-yil.
– Barakalla! Siz aniq javob berdingiz. – 
Boshlovchi o‘yinni davom ettirdi. – Tayyor 
bo‘lsangiz, keyingi savolni o‘qiyman. Diqqat, 
savol: Buxoro amirlaridan qaysi biri “Qassob 
amir” nomini olgan? Variantlar… 

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin