38
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
Dilrabo TOSHMATOVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari
universiteti talabasi
– Ingliz, rus, turk tillarini
bilish bugungi kunda hech kim-
ni hayratlantirmay qo‘ygan.
Ammo suhbat chog‘ida bir
necha tilni qo‘shib gapirishni
ham oddiy holat sa naysizmi?
– Tengdoshlarim orasida
bunday holatga tez-tez guvoh
bo‘laman.
Nazarimda, buning
asosiy sababi xorijiy tillarni
bilishimizni atrofdagilarga
ko‘z-ko‘z qilish. Boshqa tomon-
dan esa, o‘z
tilimizning imkoni
-
yatlarini bilmaymiz. Badiiy
asarlar kam o‘qiymiz. Oqibatda
o‘zbekcha muqobili bo‘la turib
o‘zga tildan foydalanamiz. Bir
suhbatda ikki-uch tildan foy-
dalanamiz-u,
asli bittasini ham
qoyil qilmaymiz.
Behruz TOSHPO‘LATOV,
Xalqaro Vestminster universiteti talabasi
– Ko‘chalardagi xato yozilgan joy nomlari va
e
’
lonlarning ko‘pligiga sabab nimada? Bu muammolar-
ni hal qilishda qanday yechim bor deb o‘ylaysiz?
– Bu ommaviy savodsizlik urchib borayotganining
yaqqol ko‘rinishi. Bugungi
kunda bunday xatoliklarni
hatto mashhur brend mahsulotlarda uchratyapmiz.
Yaqinda, “Bliss” sharbatini sotib oldim. Unda shunday
jumla bor: “Boytilgan multimeva” (Aslida, “boyitilgan”
bo‘lishi kerak). Reklamalarga va mahsulot sifatiga
mablag‘ sarflayotgan korxona, nazarimda,
uning nom-
lanishiga ham yetarlicha e’tibor qaratganda bunday
kichik, ammo qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lardi.
Hozirgi kunda ta’lim yo‘nalishi qanday bo‘lishi
-
ga qaramay, o‘z sohasidan ancha yiroq bir ish bilan
mashg‘ul insonlar kam emas. Shu sababli e’lonlarda
xatolik ko‘p va bu ayanchli holat. Kichik narsadek
ko‘rinsa-da, barchasi o‘z ishining ustalari tomonidan
bajarilsa, nur ustiga nur bo‘ladi, menimcha.
www.ziyouz.com kutubxonasi