Mana shoirning “Vatan haqida Bernd Iyentshga
maktubim” she’ri:
Vatan haqida senga, Bernd,
Shu maktubni yozayotgan paytim
Tashqarida qor yog‘moqda ezgin-ezgin,
Oppoq-oppoq, lo‘ppi-lo‘ppi. Nelarni yog‘ar qor?
Taxayyul yog‘ar. Taxayyul otiga mingan osmon.
Bernd, bunday yashash axir, ko‘p qiyindir balkim.
Bernd, balkim xastalagan bizni bemavrid
Yigirmanchi asr, deb nomlangan og‘riq.
O‘tinaman, balandparvoz so‘zlar, deb o‘ylama tag‘in,
Ehtimol, yechib tashlashimiz kerakdir qora ro‘molini
dardli xotirotning munglug‘ boshidan.
Bu minbarlarda hayqirib o‘qilgan she’rlardan
keskin farq qiladi: misralarda og‘riq bor, dard bor,
iztirob bor. Go‘yoki shoir olmon ijodkori bilan
hasratlashuv bahonasida Vatanning o‘tmishini,
kechmishini, u haqdagi tushunchalarini she’rga
singdiradi. Bu she’rning tag ma’nosida otlarning
dupuri, odamlarning hayqiriqlari, tanklarning ovozi
bor. Oppoq, lo‘ppi-lo‘ppi yog‘ayotgan qor ertangi baxtli
va osuda hayot uchun bashoratday taassurot qoldiradi.
Xullas, Vatan haqida hayqirmasdan turib ham go‘zal
va ichkin she’r yozish
mumkinligini Rauf Parfining
ushbu she’ri isbotlab beradi.
Rauf Parfi ijodida o‘tgan asr jadidlariga
bag‘ishlangan yoki bevosita ulardan iqtibos keltirib
yozilgan she’rlar anchagina. Shularning o‘ziyoq Rauf
Parfi fikran va ruhan jadidlarga yaqin ekanini, jadidlar
davomchisi sifatida maydonga otilib chiqqanini
anglatadi.
Uning millat dardida yozilgan she’rlarining
har birida o‘zining shoirlik, insonlik e’tiqodiga
qarshi bormagan. Shu bois bularni chin ma’nodagi
qahramonlik va jasorat namunalari deyish mumkin.
Rauf Parfi nima uchun o‘z she’rlarida jadid adabiyoti
va jadid namoyandalariga
tez-tez murojaat
qiladi? Avvalo, g‘oyaviy maslakdoshlik, tafakkur
davomchiligi maqomi va qaysidir jihatdan buni
tasavvufdagi uvaysiylikka qiyos qilish mumkin.
Olim Ibrohim Usmonov “Tasavvufda
uvaysiylik yo‘li” nomli maqolasida uvaysiylik
haqida shunday yozadi: “Uvaysiylik
– bir kishining o‘zi zohiran
ko‘rmagan shaxs yoki bir guruh
shaxslardan ma’naviy bog‘lanish
orqali ilm olishi va buning
natijasida paydo bo‘lgan yo‘nalishni
anglatuvchi
tasavvuf istilohi,
tariqatlarda sayr-u suluk bir shayx
rahbarligida amalga oshiriladi. Shu
bilan birga, istisno hollarda shayxsiz
ham Haqqa erishish mumkin. Bu
yo‘lga uvaysiylik deyiladi.”
Rauf Parfi ijodda, adabiyot va
millat yo‘lidagi amallarida jadidlar
ruhoniyatiga g‘oyibona bog‘lanishni
kuzatish mumkin.
Shoirning “Abdulhamid
Sulaymon Cho‘lpon” “Usmon Nosir”,
“Ona Turkiston”, “Abdurauf Fitrat”
kabi she’rlari jadidlarga, ya’ni jadidlar
ilgari surgan ma’naviy-ma’rifiy,
milliy
g‘oyalarga bag‘ishlangan. Ularning
har birida millatni asrlar davomida
tashvishlantirib kelgan o‘ylar she’rning
o‘q chizig‘idan o‘tadi. Shoirning
“Abdulhamid Sulaymon Cho‘lpon” deb
nomlangan she’ri:
41
adabiy-ijtimoiy jurnal
www.ziyouz.com kutubxonasi