his-tuyg‘ulariga ham daxl qiladigan,
zug‘um o‘tkazadigan bo‘lsa. Sho‘ro tuzu
-
mida yashagan ijodkorlarning birinchi
avlodi, nisbatan erkinroq zamonlarda,
chin badiiy so‘zning ta’mini tuyib, ada-
biy izlanish lazzatlarini ta’biga singdirib
shakllangan edilar. Shuning uchun
ularning eng “qizil” bitiklarida ham
kishining yuragini jiz etkazadigan
nimadir bo‘lardi. Chunki ular adabi
-
yotning, birinchi navbatda, san’at
ekanligi ni tuyib ulg‘ayishgandi.
Qatag‘on haddi a’losiga ko‘taril
-
gan, umuman, odamning, jumladan,
ijodkorning
shaxsi ham sariq chaqaga
olinmaydigan, ulkan Ittifoqdagi necha
millionlagan odamlar ruhan sindiril
-
gan, yolg‘on so‘zlash axloq, yalang‘och
shiorlarni qofiyaga so lish poeziya, sox-
ta tuyg‘ularni tasvirlash san’at san
-
algan davrda ijodkor sifatida shakl-
langan butun bir avlodga ifodada
yalang‘ochlik, mavzuda jo‘nlik virusi
atay yuqtirilgan edi. Ular buni ista
-
magandilar, biroq shunday bo‘lishga
mahkum etilgandilar. Bu davrda asl
vazifasi ko‘p ma’noni ifodalashdan,
turlicha jilolanishdan iborat bo‘lgan
badiiy so‘z aniq bittagina ma’noni
anglatishga majbur etildi. Badiiy asar
shunday yozilishi kerak ediki, undan,
qanchalik istamasinlar, hech kim hech
qanday ikkinchi ma’noni topolmasligi
shart edi. Bunday ifoda badiiy bo‘lmas
-
di, albatta, ammo xavfsiz hisoblanardi.
So‘zining salgina o‘zgacha tushunil
-
ishiga yo‘l qo‘ygan o‘nlab
boshqalar
“xalq dushmani” sifatida jismonan yo‘q
qilinganini ko‘rgan boshqalar jo‘n, ochiq
va yalang‘och yozishga, binobarin, imkon
qadar adabiyotning joni bo‘lmish obrazli
ifodadan qochishga majbur edilar.
Shuning uchun ham Sharof Rashidov,
Turob To‘la, Rahmat Fayziy, Ibrohim Ra
-
him, Said Ahmad, Ramz Bobojon, Asqad Muxtor,
Shukrullo, Po‘lat Mo‘min, Akmal Po‘lat, Sarvar
Azimov kabi yozuvchilar o‘z ijodiy imkoniyat
-
larini to‘la namoyon eta olmay yashab o‘tdilar.
Negaki, ularning didi siyosiy xatoga yo‘l qo‘ymay,
ruxsat etilgan g‘oyaviy haqiqatlarni hamma bir
xil tushu nadigan yo‘sinda
bayon etish talabi bi
-
lan shakllantirilgan edi. Bu avlod shaxs sifatida
tarkib topayotgan paytda kommunistik mafkura
odamning fikr-u tuyg‘ulariga ham andishasizlarcha
xo‘jayinlik qilgan bo‘lsa, ijodkor sifatida qaror to
-
payotgan vaqtda adabi yotning missiyasi siyosatga
yugurdaklik qilishdan iborat qilib qo‘yilgan edi. Bu
ijodiy avlod iste’dodsizligi tufayli emas, balki talanti
-
ni to‘la namoyon etish jismoniy jihatdan ham xatarli
bo‘lgani uchun o‘z ijodiy imkoniyatini to‘la ishga sola
olmadi.
Ularning ehtiyotkorligi aslo ortiqcha emasligini
o‘tgan asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boshida
ayni shu avlodning bir qancha vakillari uzoq yillar
-
ga qamalgani ham ko‘rsatib turadi. Jumladan, shoir
Shukrullo ham millatchi
sifatida yigirma besh yilga
ozodlikdan mahkum qilingan edi. Afsuski, ehtiyot
-
korlik va cho‘chish tufayli kelib chiqqan majburiy
jo‘nlik faqat tashqi jihatgina bo‘lib qolmadi. Ulkan
xavotir yillar davomida bu avlodning ichki mohiya-
tiga ham aylanib ulgurdi. Menimcha, bu hol faqat
o‘zbek adabiyotigagina tegishli holat bo‘lib qolmay,
umumittifoq miq yosidagi xususiyat edi. Hali adabi
-
yotshunoslik ilmi bu avlod ijodiy taqdiridagi fojiani
teran ilmiy tadqiq etishi kerak bo‘ladi.
Har qanday sharoitda ham ijod g‘oyat betakror
va o‘ziga xos kechimdir. Shuning uchun Shukrullo
aka mansub avlodni ham birday tushunish, tu-
shuntirish va baholash mumkin emas. Chunki qi
-
yofasiz bo‘lishga majburlik ham ba’zan chinakam
ijodkorlarni o‘zligidan mahrum eta olmasa,
ba’zilarni tanib bo‘lmaydigan holatga soladi.
* * *
Shukrullo 1921-yilning 2-sentyabr kuni
Toshkentning Olmazor mahallasida tug‘il
-
gan. Otasi Yusufxo‘ja
nafaqat shahar, balki
Turkiston o‘lkasida mashhur emchi edi. Yetti
20
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
www.ziyouz.com kutubxonasi
yillik maktabni tugatgan ti rishqoq Shukrullo
1935-yilda pedagogika bilim yurtiga o‘qish-
ga kirib, 1938-yilda uni bitiradi. O‘n yetti
yoshli yigitcha Qoraqalpog‘istonga ishga
yuboriladi va u yerda boshlang‘ich sinf o‘quv-
chilariga sa boq beradi. 1939-yilda Nizomiy
nomidagi Toshkent pedagogika institutiga
sirtdan o‘qishga kiradi va uni 1944-yilda
bitiradi. Shu yillarda o‘qish bilan birgalikda
Toshkentning turli maktablarida o‘qituv-
chilik qiladi. Oliy ma’lumotli bo‘lgach, O‘rta
Osiyo davlat universiteti (SAGU)ning as-
piranturasiga o‘qishga kiradi va ayni vaqt-
da O‘zbekis ton Yozuvchilar uyush masida
maslahatchi bo‘lib ishlaydi (1945−1949-yil-
lar). 1949−1965-yillar oralig‘ida muayyan
uzilishlar bilan O‘zbekiston davlat nashri-
yotida muharrirlik qiladi.
1949-yilda yosh shoirning “Bi rinchi
daftar” nomli ilk kitobi bosilib chiqadi. Shu
yili Hamid Sulaymon,
Mirzakalon Ismoi-
liy, Shuhrat, Mahmud Murodov hamda
aka-uka Alimuhamedov
singari taniqli
shaxslar bilan birga millatchilik va sovet
-
larga qarshi targ‘ibotda ayblanib, qo‘lga
olinadi. O‘n besh oy davom etgan tergov
natijasida Shukrullo yigirma besh yillik
qamoq hamda yana besh yillik barcha
huquqlardan mahrumlik jazolariga
hukm qilinadi. Zul m-zo‘ravonlikka
bo‘yin egishni istamagan shoir
Norilsk qamoqxonasida yuz ber
-
gan isyonda qatnashadi. Shukrullo
1955-yilga kelib, Stalin vafotidan ke-
yin ozod etilgan.
Shoir sermahsul ijod qilgan.
Uning “Qalb qo‘shiqlari” (1949), “Hayot il-
homlari” (1959), “Umrim boricha” (1960),
“Inson va yaxshilik” (1961), “Inson − in-
son uchun” (1964), “Zarralar” (1973), “Su-
yanchiq” (1977), “Yashagim keladi” (1978),
“Sening baxting” (1988), “To‘kilgan dard-
larim” (2001) kabi she’riy to‘plamlari e’lon
qilingan. Shuningdek,
1958-yilda bir jildli,
1973-yilda ikki jildli, 1981-yilda uch jildli
saylanmalari chop etildi.
Shukrulloning “Chollar” (1948), “Ros-
siya” (1956), “Ikki qoya” (1964), “26-tong
otari” (1966), “Gul va otash” (1972), “Ko‘ngil
chirog‘i” (1975), “Asr bahsi” (1985)
va boshqa
bir qator dostonlari o‘z vaqtida tilga tush
-
gan edi. Shukrullo bolalarga bag‘ishlab she’r
va ertaklardan iborat “Bahor sovg‘asi” (1962),
“Yulduzlar” (1964) nomli kitoblar yaratgan.
Uning “Xatarli yo‘l” (1962), “Tabassum o‘g‘ri-
lari” (1964), “To‘ydan keyin tomosha” (1980),
“O‘g‘rini qaroqchi urdi” (1982) singari pyesalari
turli teatrlarda namoyish qilingan. Adibning
“Javohirlar sandig‘i” (1983) esse kitobida ustoz
yozuvchilarning ijodiy tajribalari to‘g‘risida bahs
yuritilgan, “Kafansiz ko‘milganlar” (1989) avto-
biografik romanida qatag‘on davri dahshatlari,
“Tirik ruhlar” (1999) roman-xronikasida jadid
Ubaydulla Xo‘jayev hayoti va faoliyati tasvirlan
-
gan. 1994-yili shoirning “Qasosli dunyo” publit-
sistik maqolalar to‘plami chop etilgan.
Shukrullo Karlo Gotssining “Baxtiyor
gadolar” pyesasi hamda Sh.Petyofi, T.Shevchen-
ko, Q.Quliyev va boshqa ko‘plab shoirlarning
she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Uning
asarlari rus, arab, turk, ozarboyjon, qoraqalpoq,
qozoq, qirg‘iz tillarida nashr etilgan.
Shukrullo adabiyot ravnaqi yo‘lidagi xiz matlari
uchun 1977-yili O‘zbekistonda xiz mat ko‘rsatgan
madaniyat xodimi, 1981-yili O‘zbekiston xalq shoiri
21
adabiy-ijtimoiy
jurnal
www.ziyouz.com kutubxonasi
unvonlari egasi bo‘lgan. 1994-yili Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekis ton Respublikasi Davlat muko
-
foti laureati, shu yili “Do‘stlik” ordeni, 1999-yili
“El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
Shoir Shukrullo 2020-yilning 19-iyulida
99 yoshida vafot etdi.
* * *
Shukrullo o‘ziga xos ovoz hamda tasvir
yo‘nalishiga ega ijodkor sifatida yetmish
yildan ortiqroq qalam surdi. Lekin keyingi
yillarda u kishining ijodiy qiyofasida jiddiy
yangilanish sodir bo‘ldi. Shukrulloning
shaxs va ijodkor sifatidagi o‘ziga xosligi
shundaki, o‘zi zarur deb hisoblagan vaqtda,
uzoq yillar davomida amal qilib kelgan
ayrim badiiy qanoatlaridan voz kechib,
yangi estetik tamoyillarga tayanishga
kuch topa bildi. Qartayganda ijodiy a’mol
-
larini o‘zgartirishdan malollanmagani
uchun egamanlikdan
keyin shoirning bit
-
ganlarida yangi belgilar ko‘zga tashlana
boshladi.
Shukrullo akaning yozganlari u
kishining tabiatan qiziquvchan, o‘zini
jamiyat tashvishlaridan chetga tort
-
maydigan odam ekanini ko‘rsatadi. U
hamisha adabiyotga faqat ko‘ngil ermagi,
tuyg‘ular o‘yini emas, ulkan bir ijtimoiy
yumush deb qarab keldi. Shuning uchun
kishi ijodga o‘zini to‘liq bag‘ishlashi,
ilhom otashida yonishi kerak deb hi-
sobladi. Oqsoqolning “Javohirlar sandig‘i”
asaridagi:
Dostları ilə paylaş: