O’rta asr shaharlari Samarqand va Buxoro tarixiy yodgorliklari



Yüklə 58,79 Kb.
səhifə6/17
tarix23.05.2023
ölçüsü58,79 Kb.
#120920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
kurs ishi TArixiy O\'lkashunoslik Rajabov.SH (3)

Ulug’bek rasadxonasi. 1428-1429-yillarda Samarqandda Ulug'bek rasadxonasi qurilgan. Rasadxona binosi y o ‘qolib ketgan bo‘lgan. Uni k o ‘p izlanish va mehnatlar evazida arxeolog Vyatkin 1908-yilda topgan. Doira shaklidagi u tarixiy inshootning diametri 46 m ni, balandligi 30 m ni tashkil etgan. Binoning asosini burchak o'lchagich (tik aylana) tashkil etadi. lining radiusi 40,2 m, yoy uzunligi 63 m ga tengdir. Inshootning asosiy asbobi - Sektant meridian bo‘ylab o ‘ta aniqlikda o ‘rnatilgan. Dastlab madrasa 50 ta hujradan iborat bo‘lib, unda yiliga yuzdan ortiq talabalar tahsil olishgan. Tarixchilar aytishiga ko‘ra Ulug‘bekning o‘zi madrasada ars bergan. Taniqli fors shoiri Jomiy bu yerda yashab, ijod qilgan. Jomiyning tinglovchilari, orasida eng mashhur Naqshbandiya tariqati namoyondalaridan shayx Xoja Ahror Vali va buyuk shoir Alisher Navoiy bor edi.4
Rasadxonaning boy kutubxonasi bo’lib, unda qariyb 15 ming kitob saqlangan. Rasadxona etagida Mirzo Ulug’bеk bobosi Amir Tеmur an'anasiga ko’ra ikkita bog’ qurdiradi. Ularning biri Bog’i maydon, ikkinchisi Chinnixona nomi bilan ataladi. Bog’i maydon o’rtasida qurilgai bino ikki qavatli bo’lib, dеvor va ustunlariga marmardan sayqal bеrilgan. Chinnixonadagi imoratlarning biri toshdan, ikkinchisi chinnidan bo’lgan. Chinni 1422 yilda Xitoydan kеltiriladi. Bino 2 qavatli bo‘lgan, burchak darsxonalar ustida to‘rtta baland gumbaz, burchaklarda esa to‘rtta minoralar bo‘lgan. Asosiy fasadning uchdan ikki qismini egallagan bahaybat peshtoq ulkan va chuqur nayzasimon arkali bo‘lib maydonga qarab turadi. Xullas, Mirzo Ulug’bеk ham Amir Tеmur singari yaratuvchilik bunyodkorlik bilan shug’ullanadi. 18-asrda ichki nizolar tufayli boshlangan urushlar ta’sirida madrasa juda kata talofot ko’radi.Ikkinchi qavatdagi xonalar va tashqi gumbazlar buzilib ketadi. 20-asrning boshlarida o‘sha davrning me’mor va rassomlari tomonidan madrasani qayta ta’mirlash ishlarining asosiy qismi amalga oshirildi. 1918-yilda M.F.Mauer tomonidan madrasaning bosh minorasi va yer osti qismlarini qayta ta’mirlash loyihasi ishlab chiqiladi. Yarim asr davomida binoning yuz qismi, shimoliy tomonining tashqi devorlari qayta g‘isht bilan terilib mustahkam qilindi. Hovli ayvonlari mustahkamlandi, mayolika mozayka va o‘yma naqshlar qayta restavratsiya qilindi. O’tgan asr oxirida Ulug’bekning yubileyi munosabati bilan madrasada ta’mirlash-restavratsiya ishlari boshlanib ketdi. Loyiha madrasaning 2-qavatini tiklab, me’moriy keramika va zamonaviy qurilish materiallarini ishlatgan holda janubiy-g’arbiy devorlarini tiklanishini nazarda tutardi. Bugungi kunda Ulug’bek madrasasi Registonning noyob uchta gavharidan biri bo’lib, Samarqand tarixiy markazining bebaho bezagi hisoblanadi. Ulug’bek madrasasi YUNESKOning Butunjahon madaniyati ro’yxatiga kiritilgan.5



Yüklə 58,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin