O’rta asr shaharlari Samarqand va Buxoro tarixiy yodgorliklari



Yüklə 58,79 Kb.
səhifə9/17
tarix23.05.2023
ölçüsü58,79 Kb.
#120920
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
kurs ishi TArixiy O\'lkashunoslik Rajabov.SH (3)

Vobkent minorasi. Buxoro viloyatining Vobkent tumanida joylashgan Vobkent minorasi Qoraxoniylarning Boxorodagi noibi Sadr Burhoniddin Abdulaziz II tomonidan bunyod etilgan. Sadr Burhoniddin Abdulaziz II Qoraxoniylar davridagi amaldorlardan biri. Tug‗ilgan yili ma‘lum emas. 1199-yil G‗ijduvonda vafot etgan. XII asrda Qoraxoniy hukmdorlari ham islom dinini qabul qilgan bo‗lib, diniy yer-mulklarga ham e‘tibor Somoniylar davridagi darajaga ko‗tarilgan. Burhoniddin Abdulaziz XII asrning so‗nggi choragida Buxoroda sadr – vaqf yerlarining boshqaruvchisi lavozimiga tayinlangan. U Abduxoliq G‗ijduvoniyning muridlaridan biri bo‗lgan va Vobkent minorasi ham G‗ijduvoniy tashabbusi va mablag‗i evaziga qurilgan. Rus tadqiqotchisi I.I.Ulyanovning ma‘lumotlariga qaraganda, Sadr Abdulaziz II Abduxoliq G‗ijduvoniyning taklifi bilan bu yerda dastlab, 1190-yillarning boshida masjid qurdirgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida masjidning kattaligi 22/18 metrni tashkil qilganligi aniqlandi. 1196-yilda masjidning chap yonida muazzin azon aytishi uchun minora qurilishi boshlanadi va 11 oyda uning qurilishi yakunlanadi. XVI asrda, shayboniylar hukmronligi davrida masjidning o‗ng tomonida madrasa quriladi. XX asrning boshlarida esa eng dastlabki inshoot hisoblangan masjid buzilib ketgan. Minora rivojlangan o‗rta asrlar davrida, 1196-1197-yillar oralig‗ida bunyod etilgan. Uning qurilishida har xil o‗lchamdagi pishgan g‗isht, tosh, maxsus ―qir‖ qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Inshoot O‗n ikki qirrali supa asosga o‗rnatilgan g‗o‗la (quyi qismining diametri 6,19 m., yuqori qisminiki – 2,81 m.) shaklida rangdor, pishiq g‗ishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud bo‗lgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Bo‗rtma naqshli 10 belbog‗ bilan qismlarga ajratilgan, har bir qismi birbiriga o‗xshamaydigan qilib g‗isht terib naqshlangan, quyisidagi naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan shaxs (Sadr Burhoniddin Abdulaziz II)ning nomi kufiy uslubida yozilgan. Minoraning uchi kengaytirilib, qafasa ishlangan (diametri 3,66 m), g‗isht terib ishlangan 10 ravoq orasida 10 darcha hosil qilingan, darchalarning quyisi g‗isht panjara bilan to‗silgan. Minoraning tashqi ko‗rinishi ko‗p jihatdan Minorai Kalonga o‗xshaydi, lekin muqarnaslari ancha sodda. Minora supasi tuproq ostida qolgan, qurilgan paytida uning balandligi 2,3 m bo‗lganini arxeologik tadqiqotlar ko‗rsatadi. Minoraning umumiy balandligi esa 40,3 metr. Minora Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, minora uslubida bunyod etilgan. 2004-yil minora qafasasining tepa qismi yopildi va hozirda minora yonida saqlanib qolgan madrasa mahalliy aholining e‘tiqodi uchun masjid vazifasini o’tab kelmoqda. Buxoro viloyatining G‗ijduvon tumanida joylashgan Ulug‗bek madrasasi Muhammad Tarag‗ay Ulug‗bek tomonidan bunyod etilgan U Amir Temurning kenja o‗g‗li Shohruxning to‗ng‗ich o‗g‗li bo‗lib, 1394-yil 22-martda Eronning Sultoniya shahrida tug‗ilgan. U 1409-yil otasi Shohruxning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim bo‗lib, astronomiyaga oid ―Ziji jadidi Ko‗ragoniy‖ asarini, tarixga oid ―To‗rt ulus tarixi‖ asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan. Madrasa qurilishi o‗rta asrlarning so‗nggiga to‗g‗ri keladi. U XV asrning birinchi yarmida, ya‘ni 1414-1433-yillarda qurib bitkazilgan. Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro viloyatining G‗ijduvon tumanida bunyod etilgan. Madrasa qurilishida xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasidan va shunga o‗xshash ashyolardan foydalanilgan. Madrasa bir qavatli, murabba tarhli (33x30 m), masjid, darsxona va yotoqxonadan iborat. Peshtoqi chuqur ravoqli. O‗rtada miyonsaroy, 2 yonida masjid va darsxona (8x4,6 m), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy to‗ridagi eshikdan hovliga chiqiladi. Hovli (15x13 m)ning 2 yonida 5 ta hujra bo‗lib, uning 4 tasi murabba tarhli, tomi qubbali. Bizgacha Ulug‗bek madrasasining bosh tarzi (XV asr), unga tutashgan ayvon va minora saqlangan. 1933-yilda V.Shishkin, V.Nil‘sen va I.Notkinlar arxeologik tadqiqotlar asosida madrasaning o‗lchamlarini aniqlagan. Bosh tarzida Ulug‗bek nomi va qurilgan sanasi yozilgan. Madrasaning g‗arbida shayx Abduxoliq G‗ijduvoniy qabri joylashgan. G‗ijduvoniyning 890 yilligi (1993) munosabati bilan Ulug‗bek madrasasi ta‘mirlangan. Bosh tarzi Peshtog‗i yoniga ustunli, tekis tomli ayvon (bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq yonlaridagi hujralarga bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori panjaralar o‗rnatilgan. Madrasa qo‗shminorali, Sharq an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, gumbazli, arkli, ―Chor‖ uslubida qurilgan. Uning o‗ziga xos tomonlaridan biri esa, Ulug‗bek tomonidan Samarqand va Buxoroda qurilgan madrasalarning eng kichik va soddarog‗i. Bundan tashqari, madrasa bu davrda qurilgan boshqa me‘moriy obidalardan o‗zining me‘moriy yechimi bilan ajralib turgan. Madrasa o‗z davrida tolibi ilmlarga ma‘rifat tarqatadigan ilm maskani vazifasini bajargan bo‗lsa, darveshlar va musofirlar uchun boshpana ham bo‗lgan. Mustaqillik yillarida Abduxoliq G‗ijduvoniyning 890 yilligi (1993) munosabati bilan Ulug‗bek madrasasi ta‘mirlangan. Serhasham naqshinkori bezaklari tiklangan. G‗ijduvoniy daxmasi ustiga 2003-yili tomi ustunli yog‗och o‗ymakori gumbaz bilan yopilgan ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan tiklandi. Madrasa oldi, daxma vayangi qurilgan masjid joylashgan hudud zamonaviy talablarga mos qilib obodonlashtirildi. Me‘moriy inshoot Sharq an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan gumbazsimon, arkli, to‗rtburchak va ―Chor‖ uslubda qurilgan. Me‘moriy obidaga hukumatimiz hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, madrasa YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) ―Butunjahon madaniy meroslari ro‗yxati‖ga kiritilgan.8



Yüklə 58,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin