Abdullaxon timi. Usti berk savdo rastasi hisoblangan Abdullaxon timi Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. Uning qurilishiga homiylik qilgan Abdullaxon (to‗liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon, 1534- yil Miyonqol, Ofarinkent qishlog‗i – 1598-yil Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) – o‗zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma‘rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‗lgan. Otasi Iskandar sulton o‗g‗li tug‗ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‗idan qattiq kurash olib borgan. Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san‘at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi. Me‘moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida gapiradigan bo‗lsak, Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. 1574-yil Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‗onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‗z davlati tarkibiga qo‗shib oldi. Abdullaxon davrida davlatning sarhadlari janubda Hirotdan Mahshadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko‗lgacha yetdi. Markazlashgan davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. Abdullaxon timi boshqa tim va toqlar kabi mamlakatdagi savdo-sotiqni tartibga solish hamda rijovlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda bunyod etilgan. Chunonchi asosiy chorrahalarda Toqi Ordfurushon, Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon va Toqi Tirgaron nomli beshta Chorsu tipidagi gumbazli savdo inshootlari bunyod etilgan. Bu savdo gumbazlarining birinchisi va oxirgisi bizning asrimizda vayrona holiga kelganligi tufayli buzib tashlangan. Qolgan uchtasi hozirgi kunda ham salobat to‗kib, shahar asosiy yo‗nalishlarini belgilab turibdi. Shulardan uchinchi gumbaz yoki Toqi Zargaron deb nomlanadigani qadimiy shahriston chorrahasida joy-lashgan bo‗lib, XV asr boshida ham bu joy Chorsu deb nomlanganligi ma‘lum. Uning qurilishi so‗nggi o‗rta asrlar davrida, 1577-yilga to‗g‗ri keladi. Me‘moriy inshootning qurilishida xom va pishgan g‗isht, yog‗och, loy, sement, har xil hajmdagi toshlardan keng foydalanilgan. Me‘moriy obidaning umumiy ko‗rinishi haqida gapiradigan bo‗lsak, inshootning asosi murabba (to‗rtlik) tarhli (39x42 m), 3 tomoni berk, bosh tarzidagi peshtoq orqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni o‗rab turadi. O‗rtadagi miyonsaroy (diametri – 10 m) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorug‗ tushadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalondagi mayda ravoqlar ichida gumbaz tomli do‗konlar bo‗lgan. Bino pishiq g‗ishtdan (22x27x3,5 sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqli, naqshin bezaklari deyarli saqlanmagan. Abdullaxon timi Sharq me‘morchiligini o‗zida mujassamlashtirgan, ―gumbaz‖ uslubida qurilgan. Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomoni shundaki, Аbdullaxon timi Buxoro shahridagi savdo rastalari, chorsu – toq binolar ichida eng kattasi va shakl-u shamoyili jihatidan ancha murakkab va hushbichim hisoblanadi. O‗tmishda bu timda shoyi va jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Inshoot faqat kun yorug‗ida faoliyat ko‗rsatgan. O‗z davrida bu inshootlar tizimi yopiq bozor vazifasini bajargan. Me‘moriy obida 1997-yil Buxoro shahrining 2700 yilligi munosabati bilan shahardagi barcha me‘moriy inshootlar qatorida Abdullaxon timi ham ta‘mirlandi. Tim atrofidagi yo‗llarga pishgan g‗isht yotqizildi va sayirgohga aylantirildi. Abdullaxon timi ham YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustdagi ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni hamda 2008-yil 12-sentabrdagi ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qonunlari me‘moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.9
II Bob. O’rta asr shaharlari Xiva va Toshkentdagi tarixiy yodgorliklar haqida.
2.1. O’rta asrlarda Xivadagi tarixiy yodgorliklar
Xiva - 0 ‘zbekiston hududidagi qadimgi shaharlardan biridir. 1997 yilda shaharning 2500 yillik yubileyi nishonlandi. Xiva shahri to ‘g ‘risida X asrlardagi qoMyozmalarda m a’lumotlar berilgan. 0 ‘sha davr Xorazmda buyuk ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy, dunyoga matematika va algoritmni taqdim etgan buyuk matematik Muhammad Muso al-Xorazmiy, buyuk tabib va mashhur olim Abu Ali ibn Sino singari taniqli allomalar ijod qilganlar. Manbalarda keltirilishicha, eramizdan avvalgi III - II ming yilliklardan boshlab. Markaziy Osiyoning janubiy mintaqalarida shaharlarning shakllanishi boshlangan. Baqtriyada shaharlar shakllanishi boshiangandan keyin. avval janubiy (Naxshob), so‘ngra markaziy (Samarqand). undan keyin g'arbiy So‘g ‘d (Buxoro) va Xorazmda davom etgan. Qadimgi Xorazmda, shu jumladan Xivada shaharlarning shakllanishi eramizdan avvalgi I ming yillikka borib taqaladi. Arab geograf olimlaridan Istaxri (1029-1087), Ibn Xavkala (X asr) va alMuqaddasi (947-1000) larning asarlarida Xiva to Lg ‘risida qimmatli m a’lumotlar keltirilgan. Masalan, al-Muqaddasi o ‘z asarida Xiva Amudaryo qirg‘oqlari bilan c h o i orasida joylashgan yirik shahar, u yerda katta masjid bor, shaharda uzum, kishmish va shirinliklar, kunjut, kiyim, gilam, dori-darmonlar ko‘p, u shaharda pishloq, tvorg va baliq ishlab chiqariladi degan m a’lumotlarni keltiradi. Akademik Y. G ‘. G ‘ulomov Xiva erta shahar sifatida qadimiy Xaykonik (hozirgi Polvonyob) arig'i qirg'og’ida paydo bo‘lgan degan fikrni bildirgan. Xivani yoshini aniqlash maqsadida akademik A.Asqarov Ichan qal’ada arxeologik qazishma ishlarini olib borgan. Tadqiqotlar davrida 7 m chuqurlikda shaharning qadimiy qatlamlari topilgan. Madaniy qatlamning 10 ta qurilish gorizontiga boiinganligi va u qatlamdan olingan topilmalar natijalariga ko‘ra Xivaning yoshi 2500 yilga teng ekanligi aniqlangan. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Xiva XVI asrdan boshlab Xorazm davlatining poytaxtiga aylangan. U shaharda so'nggi feodal davri va zamonaviy arxitekturaning ajoyib madaniy meros obyektlari bir butunlikda joylashgan. Q al’aning ichki shahri - Ichan qal’adagi madaniy meros obyektlari o ‘rta asrlar arxitekturasining monumental va bir vaqtning o ‘zida sodda shakllarini ochib bergan. Qal’aning mustahkam devorlar bilan o'ralishi minoralar, arxitekturaviy inshootlar va tekis tomli, yog‘och sinchli loyshuvoq uylar bir butunlikda hozir ham o ‘rta asrlardagi Markaziy' Osiyo davlatlari shaharlarini eslatadiganday bo‘ladi. Xivalik naqqoshlar, koshinkorlar saroy, madrasa va maqbaralarni yuksak did bilan tosh, ganch, yog‘och o‘ymakorligidan foydalanib bezaganlar.