Ichan qal’a
Ichan qal’ada m e’moriy va shaharsozlik kompozitsiyalarini o‘rganish uchun keng imkfmiyatlar mavjud. Ichan qal’a Xivaning ichki qal'a qismidir. U Dishan qal’adan kungurador devor bilan qisman ajratilgan. Dishan qal’adan baland qo‘rg‘ontepaga o ‘xshab ko‘rinadi. Ichan qal’aga Bog‘cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan darvozalaridan kirilgan. Ichan qal’aning yaratilish tarixi uch davrga boMinadi: mo‘g‘ullar istilosidan keyingi tiklanish (Sayd Alovuddin maqbarasi va boshqalar), XV1-XVII asrlardagi tiklanish (Anushaxon hammomi, 1657-yil; peshayvonli Oq masjid, 1675-yil; Xo'jamberdibek madrasasi, 1688-yil; xonning qabulxonasi, 1686-1688-yillar), XVIII - XX asrlardagi tiklanish. Uchinchi davrda mahalliy m e’morchilik an’analari asosida masjid, madrasa, tim va toqlar qurilgan, Ota va Polvon darvozalari orasida katta yo‘l o ‘tkazilgan, masjid qayta qurilgan, minoralar qad rostlagan. Qutlug‘ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqlar qurilgan. M uhammad Rahimxon (1806-1825-yilIar), Olloqulixon (1825 - i 842-y illar), Muhammad Aminxon (1845-1855-yillar) hukmronligi yillarida bu erda qurilish avj olib ketgan. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etilgan. Toshhovli saroyi qurilgan. Pahlavon Mahmud maqbarasi qad ko'targan. Kalta Minor yuzaga kelgan va hokazo. Ichan qal’a qurilishida Markaziy Osiyoda qadimdan qoMlanib kelingan uslub - inshootlarni yuzma-yuz qurish uslubi (qo‘sh) dan foydalanilgan. Binolarning alohida ansambl holida qurilishi ham Xiva me'morchiligining o ‘ziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, Juma masjid yonida ikkita kichik madrasa, Muhammad Amin Inoq va Muhammad Aminatpanoboy minorasi hamda Matniyoz Devonbegi madrasasi qurilishi ancha yirik ansamblni tashkil etgan. Polvon darvoza oldida bir necha masjid va madrasalar, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyini barpo etilishi o ‘ziga xos ansamblni tashkil etgan. Qutlug4 Murod Inoq bilan Olloqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid o ‘rtasidagi maydoncha shu ansamblning kompozitsion markaziga aylangan. Xiva yodgorliklari yog‘och o ‘ymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va boshqa rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Shaharning vertikal dominanti - koshinlari quyoshda yaltirab turuvchi Islom hoji minorasidir. Minora bilan uning yaqinidagi Pahlavon Mahmud maqbarasining gumbazi bilan birgalikda tevaraklaridagi pastroq inshootlarni yaxlitlikka keltirib turadi. Maqbara ro ‘parasida supa tarzli Sherg‘ozixon madrasasi qurilgan. Ichki shaharning asosiy ko‘chalari Xivaning rabotida - tashqi shaharda, Dishan qal’ada davom etib, to‘rt tarafidagi boshqa shahar va qishloqlarga olib boradi. Dishan qal’ada jami o‘nta darvoza bo'lib, ulardan shimol tomondagi Urganchga olib boradigan ochiq qiyofali Q o‘sh darvoza o ‘ziga alohida e'tiborni tortadi.10
XVIII asrda barpo etilgan ko'p ustunli Juma masjidi alohida ajralib turadi. Uning konstruktiv yechimi Arabistonning qadimgi masjidlari bilan hamohang ekanligidan dalolat beradi. Juma masjid ilk bor X - XI asrlarda qurilgan. Juma masjiding dastlabki binosi buzilib ketgan va o'rniga 1788-yilda xuddi shu usulda undan kattaroq yangi masjid qurilgan. Masjidning minorasi ham yangidan tiklangan. Juma masjidi tekis tomli, bir qavatli imoratdir. Uni o ‘ziga xos o ‘ym a naqshli ustunlar qo‘riqxonasi deyishadi. Bino tomini 218 ta naqshinkor ustun k o ‘tarib turadi. X - XI asrlarda qo'yilgan naqshkor ustunlardan hozirgi vaqtda 25 tasi saqlangan. Masjidning avvalgi ustunlari Xorazmdagi turli binolardan yig‘ilib kelingan. Hamma ustunlar muayyan kompozitsiya asosida joylashtirilgan. Bu inshootning eng nodirtomoni uning ustunli yechimidadir. Ustunlar pastdan yuqoriga qarab qadahsimon shaklda yo'g^onlashib boradi. Ustun o ‘rtasi kufiy usulda yozuv bilan naqshlanib, pastki qismi juda qalin. ustki qismi nisbatan siyrak o ‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Eng qadimgi ustunlarga uchburchak shaklidagi chuqur relyefli, o'simliksimon naqshlar solingan. XII asr ustunlarida avvalgilarining shakl mutanosibligi takrorlangan, biroq naqshlar birmuncha qayta ishlangan, ulardagi kufiy yozuvlari barg va gul naqshlari bilan chirmashtirib yuborilgan. Juma masjid ustunlarida Xorazm xalq o ‘ymakorligining boy ijodiy imkoniyatlari mujassamlashgan.
Dostları ilə paylaş: |