O’rta asr shaharlari Samarqand va Buxoro tarixiy yodgorliklari


Baroqxon madrasasi me’morchiligi



Yüklə 58,79 Kb.
səhifə16/17
tarix23.05.2023
ölçüsü58,79 Kb.
#120920
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
kurs ishi TArixiy O\'lkashunoslik Rajabov.SH (3)

Baroqxon madrasasi me’morchiligi
Baroqxon madrasasi - XV oxiri XVI asr boshlarida qurilgan. Hovli atrofida hujralar va ichki tomonida peshtoq bo‘lib, madrasaning g'arbiy qismi birmuncha chiqqan.
Poydevori toshdan, devorlarining qalinligi 3 m bo’lib, turli hajmdagi pishiq g ishtlardan ishlangan. Toshkent hokimi Navro’z Ahmad Baroqxon hokimlik yillari (1551-1556) o ‘sha yerda mavjud ikki maqbarani o'z ichiga olgan madrasa qurdirgan.13

Madrasaning sharq tomonidagi ulkan peshtoqqa rang-barang sirkor g‘ishtchalardan panno terilgan. U o‘simliklar va geometrik naqshlar bilan hoshiyalangan. Asosiy peshtoqning orqa tomonida yana peshtoq va besh qirrali ravoq bor. G ‘arb tomondagi ichki peshtoq ko‘k gumbazning tarkibiy qismi bo‘lgan. Madrasaning to‘rt burchagida qorixonalar joylashgan. Uning 22 m li gumbazi ko‘k sirkor g ‘ishtchalar bilan pardozlangan (gumbaz zilzila sababli qulab tushgan). Gumbaz ostidagi 4,5 m li barabanga turli rangdagi sirkor g‘ishtchalardan geometrik va o‘simliksimon naqshlar terilgan, qur'on suralari bitilgan. Ichki devorning tepa qismida ganchdan ishlangan naqshlar bo‘lib, ularga oltin suvi yugurtirilgan, pastki qismida olti burchakli sopollardan terilgan keng izora bor (ular yashil sirkor, zarqalli g‘ishtchalar bilan ajratilgan). Madrasaning go‘zalligi, qurilish uslubi jihatdan Samarqandning eng yaxshi arxitektura yodgorliklaridan hisoblangan Ishratxonaga yaqinlashadi.


Ko‘kaldosh madrasasi m e’morchiligi
XVI asrda Toshkent shahrining Chorsu maydonida Toshkent hokimining vaziri — K o ‘kaldosh tomonidan madrasa qurdirilgan. Ko‘kaldosh madrasasining gumbazlari va peshtoqlari bilan bo‘yi 20 m ga yetadigan ikki qavatli madrasa tepalikda qurilgani uchun uzoqdan ko‘rinib turgan. Madrasa 1868- yilgi zilzilada qattiq zarar ko‘rgan, 1902-1903-yillarda u qayta tiklangan. Biroq asosiy peshtoq va gumbazi tuzatilmay qolgan. Peshtoqning yon tomonlari to gumbaz asosigacha va devorning kungurador qismi oddiy g‘isht bilan tekis qilib ishlab chiqilgan, peshtoqning yonlarigayarim doirashaklidagi ravoqlar, burchaklarida guldastalar qurilgan. Biroq bular barchasi zilzilada tamomila qulab tushgan. Madrasa to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, tomonlari 45x65 m dir. Qurilish rejasi XVI asrdagi shu tipdagi binolardan deyarli farq qilmaydi. Uning chorsi hovlisi bo‘lib, atrofida hujralar va yozlik ayvonlar bor. Hovlining P simon yo’llari qishki darsxonalarni masjid bilan ulaydi. Darvozadan kiraverishda chapda masjid, o‘ngda darsxona joylashgan. Ular xochsimon qilib qurilgan, tomi o ‘zaro kesishadigan ravoq shaklida gumbaz qilib ishlangan. Madrasaning poydevori va devorlari kattaligi 27x27x5,5 sm li pishgan gMshtdan ishlangan. Devor g ‘ ishtlari oddiy usulda terilgan, choklari ganch qorishmasi bilan pardozlangan. Madrasani bezashda m e’morlar asosan old tomoniga e ’tibor qilganlar. Sirkor parchin va geometrik naqshlar bilan bezatilgan hashamatli kirish peshtoqida ikki qavatli ravoq ishlangan. Peshtoqning ikki tomonicfa feruza rangli parchinlar bilan qoplangan baland gumbazlar boMgan. Madrasaning old tomonidagi darchalarga panjaralar o ‘rnatilishi binoning husniga-husn qo‘shgan. Saqianib qolingan ba’zi naqsh parchalari binoning ichi ham yuksak did bilan bezatilganligidan darak beradi.14

Qo’qon jome’si 98 yog’och ustunli, oldi tomoni ochiq va qolgan uch tomoni g‗isht devorli imoratdan iborat. Masjid 1809—1822 yillarda Qo‗qon xonligini boshqargan Umarxon davrida qurilgan, deb taxmin qilinadi. Masjidning ulkan ayvoni markazida ikki qatorli, 10 ustunli to‗rtburchak shaklidagi uzun xonaqoh joylash-gan. Masjid ayvonining umumiy sahni 97,5x 25,5 metr. Ayvonning old tomonida 22 metrdan balandroq bo‗lgan minora qad ko‗tarib turibdi. Masjid hovlisi ko‗kalamzorlashtirilgan va atrofi devor bilan o‗rab olingan. Andijon juma masjidi shu nomli madrasa bilan bir inshoot sifatida qurilgan bo‗lib, uning g‗arbiy qismini tashkil etadi. Bu masjid butun Farg‗ona vodiysidagi eng yirik yodgorlik hisoblanadi. Unig tarhi Buxoro, Samarqand juma masjidlaridan farqli o‗laroq Qo‗qon xonligiga xos bo‗lgan uch tomoni ayvon bilan o‗rab olingan xonaqohdan iborat. Bu yirik masjidning minorasi ham vodiydagi eng baland mezana bo‗lib, balandligi 32 m ga teng. Minora 8 qirrali kursi ustiga ko‗tarilgan bo‗lib, devorlarga rangdor pardoz berilgan, uning oralariga turunj va hattotiy shakllar ishlangan. Muazzin may-donchasi davra — kungura ravoqli qilib usti gumbazcha bilan yopilgan. Kosonsoy juma masjidining ko‗rinishi namozgoh masjid turla-rini eslatadi. Atrofi devor bilan o‗rab olingan bu imoratning kirish yo‗li gumbazli peshtoq orqali o‗rnatilgan. XVIII asrda qurilgan bu masjidning mehrob qismi har ikkala tomonga ikkita uch qanotli, oldi ochiq toqli inshootdan iborat. Bu qismining umumiy sahni 28,6x 10,8 metr. Asosiy peshtoq 14 ta kichik tokcha va 6 kichik ravoq bilan, g‗ishti yuqoriga qarab bo‗rtma dandona qilib terib ishlangan. G‗isht terishdagi yuksak san‘atni ifodalab turgan bu peshtoq Yevropaning ba‘zi me‘moriy shakllariga o‗xshash ko‗rinishga ega. I. M. Azimov mahalla, guzar va qishloq masjidlarini o‗rganib chiqib, ularda ma‘lum qonuniyatlar mujas-samlashganligini e‘tirof etadi. Ikki ustunli yopiq xona va ustunli ayvon orqali bir-biri bilan bog‗langan bino sifatidagi masjid turi keng tarqalgan. Har bir masjidda shu usul asosida turlicha me‘moriy yechim namoyon qilingan. Yangiqishloq, Mulla Vali, Quyqaqishloq, Churindi va boshqa masjidlar bunga misol bo’ladi. Qo’qon xonligida mahalliy yo‗nalishga ega bo‗lgan madrasalar qurish maktabi ham mavjud bo‗lgan. Shulardan biri XIX asrda Qo‗qonda qurilgan Kamol Qozi madrasasidir. Bu imorat jome‘ masjidining g‗arbida joylashgan bo‗lib, 20x 20 m chorsi sahnli hovlini o‗rab olgan an‘anaviy hujra, darsxona va masjiddan iborat. Kirish peshtoqining old tarzi koshinkoriy naqshdan iborat bo‗lib, peshtoqning ikki chekkasi Xudoyorxon o‗rdasidagidek va umuman Farg‗ona vodiysidagi ko‗pgina madrasalarga xos gumbazli davraravoq (fonar) bilan tugallanadi. Lekin Buxoro, Samarqand madrasasozligidan ajralib turadigan yana bir tomoni — bu kirish yo‗lida bosh peshtoq ravoqining ikkinchi oshyonasi shohnishinsimon darsxona old ayvonchasining ko‗chaga chiqib turishidir. Bu shohnishinsimon balkon Qo‗qon xonligi madrasasozligida bir necha marta takrorlangan. Xiva xonligi me‘morchiligida ham uch-raydi va shu jihatdan bu ikki hudud imoratsozligini bog’lab turadi. Madrasa ayvoni sharqqa qaratilib to‗rtustunli qilib qurilgan. Bino ichkarisida o’yma ganchkorlikdan foydalanilgan. Devorlari pishiq g‗ishtdan ko‗tarilgan. O‗rta Osiyoda XI—XII asrlardan boshlab shakllangan an‘anaviy madrasa tarhi asosida bunyod etilgan madrasalarning biri Qo‗qon-dagi Norbo‗tabiy madrasasidir. Bu binoning tarhi Buxorodagi Ko‗kaldosh va Xivadagi Qutlug Murod Inoq madrasalarining tuzi lishini eslatadi. Umumiy o‗lchamlari 72x52 m bo‗lgan Norbo‗tabiy madrasasining hovlisi murabba‘ (kvadrat) ko‗rinishli bo’lib, 38x38 m ga teng. Uning chekka burchaklari o’tmas shaklga keltirilib, burchakdagi hujralarga olib kiruvchi toqlar ishlangan. Yozgi darsxona sifatida ishlangan hovliga chiqib turuvchi ravoqli ikki yon ayvon, Xiva madrasalaridagi hamda Tilla Qori madrasasidagi shimoliy va sharqiy ayvon singari hujra betini to’sib turadi. Binoning to’rt tashqi burchagi guldastalar bilan mahkamlangan. Shimolga qaratib solingan peshtoq qismidagi xonalar turkumi mukammal me‘moriy yechimga ega. Bu yerda uch gumbazli miyonsaroy (vestibyul), darsxona va masjid hamda qo’shimcha xonalar bor. Shahrixonda bir ajoyib madrasa borki, uni madrasasozlik, turarjoy qurilishi, qasr me‘morchiligi singari bir necha me‘moriy san‘atning uyg‗unlashgan namunasi deyish mumkin, bu imorat 1872 yilda Abdulhamid Hoji buyurtmasi asosida Quramboy Buvanazar o’g’li rahbarligida qurilgan. Bino peshtoqi yuqorisidagi kungura-dorlar va peshtoqning yon qirralarining tugallanishi Buxorodagi Sitorai Mohi Xossa qasrini eslatsa, peshtoq dahanasiga ishlangan : ravoqsimon shakllar turarjoy imoratlaridagi xona va ayvonga qilinadigan ganchkoriy uslubdan kelib chiqqan. Ko‗cha tomonga chiqarilgan ikkinchi oshyonadagi ikki ayvon ham jamoat binolarida uy-joy elementidan ustalik bilan foydalanish imkoniyatini ko‗r-satib turibdi. Inshootning faqat old qismigina saqlanib qolgan. Aslida u hovli atrofida 2 qavatli hujra, yozgi va qishgi darsxonalar, masjid kabi xonalardan iborat bo‗lgan shaklda quril-ganligini payqab olish qiyin emas. Saqlanib qolgan qismidagi ganch va yog‗och o‗ymakorligi, g‗isht terish san‘ati uning nihoyatdnafis amaliy san‘at namunasi ekanligidan dalolat beradi. Butun musulmon Sharqida bo‗lganidek, Farg‗ona vodiysining ham o‗ziga xos ziyoratgohlari mavjud. Bular orasida nufuzli din va madaniyat peshvolarining maqbaralari hamda xilxonalari— xazi-ralar alohida e‘tiborga molikdir. Bu o‗rinda shuni alohida ta‘kidlash joizki, vodiydagi maqbaralarning aksariyati Buxorodagi Somoniylar, Buyon Qulixon, Sayfiddin Bahorzi, Samarqanddagi Ruhobod yoki Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralar singari alohida imoratgina bo‗lib qolmasdan, shu hududda maxsus devor bilan ajratilgan qabrgoh ham bor. Bu imorat turi "xazira" deyiladi. U yana xalq orasida "dahma" yoki "mozor" deb ham ataladi.15



Yüklə 58,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin