O’rta asr shaharlari Samarqand va Buxoro tarixiy yodgorliklari


Muhammad Rahimxon madrasasi



Yüklə 58,79 Kb.
səhifə14/17
tarix23.05.2023
ölçüsü58,79 Kb.
#120920
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
kurs ishi TArixiy O\'lkashunoslik Rajabov.SH (3)

Muhammad Rahimxon madrasasi
Kattaligi jihatdan Muhammad Aminxon madrasasidan keyingi o ‘rinda Muhammad Rahimxon madrasasi turadi. Madrasa yozgi va ishki masjid, darsxona, kutubxona va hujralardan iboratdir. Binoning old tomoni ikki qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Bino burchaklarida burjlar ishlangan, sirti sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Uning umumiy tuzilishi Xivaning boshqa madrasalaridan bir oz farq qiladi. Xushqad peshtoqning ikki yonida besh ravoqli galereyalari bor. Darvozaxona atrofidagi 9 ta xonaning usti gumbazlar bilan yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham boshqa madrasalardan bir oz farq qiladi. Hovli 76 ta bir qavatli hujralar bilan o ‘ralgan, tashqi ayvonning k o ‘cha tomoni past devor bilan to ‘silgan.
Pahlavon Mahmud maqbarasi
Xiva arxitektura yodgorliklaridan biri Pahlavon Mahmud maqbarasidir. U moviy gumbazli xonaqoh, maqbara va ziyoratxonadan iborat kompleksdir. Maqbara Pahlavon Mahmud daxmasi ustida 1664-yilda qurilgan kichik sinch imorat o ‘rnida 1810 - 1835-yillarda bunyod etilgan. Unga peshtoqli darvozaxona orqali kiriladi, so‘ng kichik hovliga o'tiladi. Qarshida buyuk peshtoq va gumbazli xonaqoh, maqbara, g'arbda qorixona, sharqda nafis o ‘ymakor ustunli ayvon joylashgan. Hovli sahnida «muqaddas» quduq bor. Xonaqoh peshtoqining yuzasi g ‘ishtin; gumbazi moviy rang sirkor koshinlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichkarisi ham gumbaz qubbasigacha moviy rang sopol bilan juda nozik va nafis ishlangan. Bezak gullar orasidagi so'zlar Pahlavon Mahmud ruboiylaridan keltirilgan. 1913-yilda Pahlavon Mahmud maqbarasi hovlisining g ‘arbiga ikki qavatli qorixona, uning qarshisiga ayvon qurilgan. Kompleks Xiva m e’morchiligining noyob namunasi bo‘lib, unda XIX asrdagi badiiy san'at uslubi yorqin aks etgan. Inshootning yer usti qismida, 0,5 m balandlikda y og‘och g ‘o ‘la yoki toshlardan maxsus qorishma bilan prokladka qo‘yilgan. Ko‘pchilik hollarda prokladka sifatida bir necha qatlam qamish ishlatilgan. Bu tadbir seysmik to‘lqin energiyasini ancha yutgan va tepaga deyarli kam qismini o ‘tkazgan. u gidroizolyatsiya vazifasini ham o ‘tagan. Qadimiy mas’ul obyektlardan muhimi minoradir. Uni ustalaridan hisoblash matematikasi, geometriya, arxitekturaviy proporsiyalaming uyg‘unligini seza olish malakalari talab etilgan. Injenerlik yechim nuqtai - nazaridan minorani zilzila vaqtidagi holatini tashhislash qiyin masala hisoblanadi. Me'moriy yodgorliklar sifatli va mustahkam restavratsiya qilinmoqda va asl holatiga qaytarilmoqda.12


Yüklə 58,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin