O‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri xususiyatlari


XVI – XVII asrlar markaziy Osiyo hayotida burilish davri bo‘ldi



Yüklə 3,93 Mb.
səhifə2/2
tarix16.09.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#144023
1   2
O‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri xususiyatlari 304-guruh

XVI – XVII asrlar markaziy Osiyo hayotida burilish davri bo‘ldi. temuriylar hokimiti Shayboniyxon tomonidan ag‘darib tashlandi. Shayboniylar hukmronligi davrida markaziy davlat barpo qilishga urinib ko‘rildi. So‘ngra hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo‘liga o‘tdi. O‘zaro feodal nizolari o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Uch davlat tashkiloti paydo buladi – oldin Buxoro amirligi va Xiva xonligi, XVIII asrning oxirida esa – Qo‘qon xonligi. Umuman XVI – XVII asrlardagi Mavoraunnahrdagi vaziyatni quyidagicha ta'riflash mumkin:
- Qachonlardir iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlangan mintaqa bo‘lgan Markaziy Osiyo – yangi, kapitalistik ishlab chiqarish vositasiga asoslangan rivojlanish yo‘lidan borayotgan yevropa mamlakatlaridan orqada qola boshladi;
- ayni bir vaqtning o‘zida, bir tomondan, markazlashishga bo‘lgan tamoyil bilan bog‘liq bo‘lgan, ikkinchi tomondan esa, o‘zaro urushlar ta'sirida shakllangan davlatlarning bo‘linishlarining kuchayishiga sabab bo‘lgan qarama-qarshi jarayonlar o‘zaro mavjud edilar;
- markaziy davlat barpo qilish uchun olib borilgan kurash milliy davlatlarning irqiy tarixiy asosda shakllanish jarayonining, jumladan, Buxoro amirligining mohiyatiy tamoyillaridan birini ifoda qilar Ediki, bunday intilish keyinchalik Rossiya tomonidan Markaziy Osiyoni bosib olinishi bilan barham topdi.
XVI asrdan boshlab Mavoraunnahr falsafiy fikr ikki asosiy yo‘nalishda rivojlanadi.
Birinchi yo‘nalish – Mirzajon Sheroziy, Yusuf Qorabog‘iy, Muxammad Sharif Buxoriy kabi mutafakkirlar va boshqalar ijodida o‘z ifodasini topgan Mavoraunnahrning o‘zidagi ijtimoiy-falsafiy fikr rivoji.
Ikkinchi yo‘nalish - Markaziy osiyodan chiqib, Hindistonda ijod qilgan mutafakkirlar tomonidan rivojlantirilgan falsafa. Boburiylar imperiyasining uch yuz yil davomidagi mavjudligi markaziy Osiyo va unga qo‘shni bo‘lgan boshqa mamlakatlar tarixida chuqur iz qoldirdi. Bobur davlatining jug‘rofiy jihatdan alohida uzoq o‘lkada joylashganligiga qaramasdan, uning ma'naviy hayoti hamisha Mrakaziy Osiyo madaniyatining bir qismi bo‘lib qolaverdi. Negaki, u va uning vorislari bu madaniyatga taalluqli bo‘lib, o‘z faoliyatlarida ushbu madaniyat an'analarini rivojlantirishda davom etdilar.
[1] Моварауннаҳр – Амударё ва Сирдарё ўртасида ерларнинг VII асрдан бошлаб арабча номланиши.
[2] Ш.З. Бабаханов. Становление хадисоведения и выдающиеся мухаддиси средней Азии // В кн.: «исследования по истории, истории науки и культуры народов Средней Азии». –Т., Фан, 1993. 130-131-б.
[3] Қаранг: Очерки истории общественно-философский мысли в Узбекистане. –Т.: Фан, 1977. 39-б.
[4] Ўз ФА Беруний номидаги Шарқшунослик институти қўлёзмалар жамғармаси «ойнайе гитнамо» 2984-рақамли қўлёзма, 1-саҳифа (форс тилида)
Adabyotlar
Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin