tavsiflanadi. Tashqi o ‘zaro almashuvchanlik sotib olinadigan buyumlar va bo‘laklarning foydalanish ko‘rsatkichlari, o ‘lchamlari va shakllari bo‘yicha o ‘zaro almashuvchanligi hisoblanadi. Ichki o ‘zaro almashuvchanlik buyumning tarkibiga kiruvchi alohida detallar, bo‘laklar va uzellarning o ‘zaro almashuvchanligini bildiradi. Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning tobora rivojlanib bora- yotganligi va bozor munosabatlari keng tatbiq etilayotganligini 145
hisobga olgan holda o ‘zaro almashuvchanlikning bu turi hozirgi kunlarda juda dolzarb hisoblanadi. O‘zaro almashinuvchanlik — bir buyum, jarayon yoki xizmat o ‘rniga xuddi o ‘sha talablarni bajarish maqsadida boshqa buyum, jarayon yoki xizmatdan foydalanish uchun yaroqliligi (funksional o ‘zaro almashinuvchanlik, geometrik (o ‘lchovli) o ‘zaro alma shinuvchanlik). Bir-biriga moslik — mahsulot, jarayon yoki xizmatning talab larni bajarish uchun berilgan sharoitlarda qo‘shma (birgalikdagi), nomaqbul o ‘zaro ta’sirlarni keltirib chiqarmaydigan foydalanishga yaroqliligi. Tizimlashtirish — predmetlar, hodisalar yoki tushunchalarning belgilangan tartib va ketma-ketlikda joylashishi (alifbo, TST sinflari; MH belgilanishi, afzal sonlar va boshqalar). Tasniflash — tizimlashtirishning bir turi bo‘lib, predmetlar, hodisalar yoki tushunchalarning ularning umumiy belgilariga bog‘liq holda sinflar, kichik sinflar, razryadlar bo‘yicha joylashishi. Nazorat savollari 1. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 2. Standartlashtirish tarixidan muhim o ‘rin olgan mahsulot yoki