S O ‘ZBO SH I «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fani hayotimizning barcha jabhalarida xalq xo‘jaligi, sanoatning barcha tarmoqlari uchun juda zarur bo‘lgan metrologiya haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, o ‘lchash, o ‘lchovlar va kattaliklar, o ‘lchash vositalari, o ‘lchashdagi xatoliklar, metrologiya xizmati va metrologik ta’minot, standartlashtirish hamda uning davlat tizimi, sertifikat lashtirish, sifat tizimlari va sifat boshqaruvi kabi masalalari xususida yetarli va zarur ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘lib, yuqori sifatli raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda muhim o ‘rin egallaydi. Shuning uchun ham ushbu fan bo‘yicha darslik mohiyatan hozirgi kunlarda respublikamizdagi ta’lim va iqtisodiyot borasidagi rivojlanish va o ‘zgarishlarni hisobga olgan holda yaratildi. «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fani uzoq tarixga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy-falsafiy nuqtayi nazardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy va uzluksiz ravishda rivojlanuvchi fanlar turkumiga kiradi.