metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha zarur va yetarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi. «Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish» fanini o ‘rganishdan maqsad: sifatni boshqarish vositalari va texnologiya- sini qo‘llash; loyihalashtirishda zamonaviy axborot texnologiya- laridan foydalanish; metrologik va me’yoriy ekspertizani o ‘tkazish, mahsulot va jarayonlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish, sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va bajarish; ishlab chiqarishni metrologik va m e’yoriy ta’minlashni ishlab chiqish, mahsulotlarni sinash, ekspluatatsiya qilish va utillashtirish; mahsulot sifati nazorati va o ‘lchashlar birligini ta’minlash masalalarini hal etish uchun metro- logiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohalarida talabalarga asosiy ilmiy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Asosiy vazi- falar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida «Metrologiya, standart lashtirish va sifatni boshqarish» bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya, sifatni baholash va sertifikatlashtirish bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o ‘rganiladi. Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bolishidan qat’i nazar, uning asosiy baholash mezoni (ko‘rsatkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o ‘z ishiga yuqori mas’uliyat bilan yondashib, asosiy baholash mezoniga munosib ravishda ish ko‘rsa, hayot kundan kunga yaxshilanib borishi muqarrar, bu esa butun mam- lakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi. Fanni o ‘rganish natijasida talaba quyidagilarni bilishi kerak: — metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha