Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org
o ‘lchamlari va massalari, vaqt va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablari, manbalarini bilmasdan, o ‘zining sezgisi va tajribasi asosida o ‘lchay boshlagan. Eng qadimgi o ‘lchash birliklari antropometrik, ya’ni inson- ning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o ‘lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: ladon — qo‘ldagi bosh barmoq hisobga olinmagan holda qolgan to ‘rtta barmoqning kengligi; fut — oyoq tagining uzunligi; pyad — yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa; qarich, quloch, qadamva hokazolar. Asrlar o ‘ta bizga yetib kelgan ba’zi o ‘lchov birliklari hozirda ham ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda «loviya doni», «no‘xatcha» ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o ‘lchov birligi sifatida ishlatilgan — karat; dorishunoslikda og‘irlik birligi sifatida qo‘llaniladigan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida «bug‘doy doni» ma’nosini bildiruvchi gran va hokazolar. Ba’zi tabiiy o ‘lchovlar ham uzoq o ‘tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri hamma yerda ishlatiladigan — vaqt o ‘lchov- laridir. Munajjimlarning ko‘p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Bobilda (Vavilonda) vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik Yerning o ‘z o ‘qi atrofida to ‘la aylanishiga 8
ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund (soniya) nomini olgan. Qadimgi bobilliklar miloddan avvalgi II asrdayoq vaqtni minalarda o ‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig‘iga