Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org
ishlab chiqarish bilan bog‘lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyat- laridan biri — obyektlar va jarayonlar holatining muayyan ko‘r- 9
satkichlar yordamida umumiy baholovchi o ‘lchash tizimlarini yara- tish bo‘lib, olingan natijalardan bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir. Amaliyot juda keng ko‘lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymati, ko‘pincha juda tez (sekundning milliarddan bir ulushlarida), yuqori aniqlikda (xatolik o ‘lchanayotgan qiymatning 10% idan kichik) va nafaqat inson sezgi organlari to ‘g ‘ri ilg‘ay olmaydigan, balki hayot uchun sharoit bo‘lmagan holatlarda ham aniqlashni talab qiladi. Shu kunlarda fanga yuzdan ortiq har xil fizikaviy kattaliklar ma’lum bo‘lib, ularning 70 dan ortig‘ini o ‘lchash mumkin. Hozirgi kunlarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli ilgari o ‘lchab bo‘lmaydi deb hisoblangan kattaliklarni o ‘lchash va baholash imkoni yaratilmoqda. Masalan, Sankt-Peterburg aloqa instituti olimlari hidni o ‘lchash borasida birmuncha yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Bu xususda buyuk italiyalik olim Galileo Galileyning quyidagi so‘zlarini eslab o ‘tish o ‘rinli bo‘ladi: «O‘lchash mumkin bo‘lganini o ‘lchang, mumkin bo‘lmaganiga esa imkon yarating». Kondensatorning elektr sig‘imi, nurlanish oqimi, erigan metallning temperaturasi va atomning magnit maydoni kuchlanganligi kabi kattaliklarni maxsus texnikaviy vositalar — o ‘lchash o ‘zgartkichlari, asboblari va tizimlaridan foydalanmasdan o ‘lchashni amalga oshi- rish mumkin emas. Bularning hammasi ongimiz, hayotimizga