larning turliligidan qat’i nazar, axborot olish mobaynida asosiy o ‘lchash, ya’ni qayta ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba haqidagi ma’lumotni tasavvur qilish amallarini bajarish ko‘zda tutiladi. Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tash- lasak, quyidagi muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin: — 1791-yilda metr etalonining Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Yer meridiani uzunligining 1 1 0 — 7 bo‘lagiga teng qilib olingan); — 1875-yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiya- ning qabul qilinishi (bu mavjud metrik sistemani takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, metr o ‘lchov birligiga asos soldi); — 1893-yilda Rossiyada D.I. Mendeleyev tomonidan o ‘lchov va og‘irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi; — 1931-yilda Leningrad shahrida o ‘lchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.I. Mendeleyev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy- tadqiqot institutining tashkil topishi; — 1960-yilda Xalqaro birliklar tizimi — SIning qabul qilinishi. Bu tizim bo‘yicha 1 metrning vakuumda to ‘lqin uzunligining 1650763,73 ga ko‘paytmasiga teng qilib olinishi (kriptonning etalon metri); — 1983-yilda metrni qabul qilishda uni yorug‘likning vakuum da 1/299792458 sekundda o ‘tgan yo‘lga teng qilib qabul qilinishi; 11
— 1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzurida O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifi- katsiya markazining («O‘zdavstandart») tashkil etilishi; — 2002-yilda O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazining O ‘zbekiston standartlashtirish, metro