shunchalik singib ketganki, aksariyat hollarda biz ularning atro- fimizda mavjud ekanligini sezmaymiz. Hamma joyda: uy-ro‘zg‘or va ishlab chiqarish, dala va kasalxona, avtomobil va ilmiy labora- toriyada ular bizning beg‘araz va tengsiz yordamchilarimizdir. Ishonch bilan aytish mumkinki, o ‘lchash inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. Bu borada ko‘plab olimlar o ‘lchash texnika- sining rivojiga munosib hissa qo‘shganlar. Ular orasida birinchi navbatda Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ulug‘bek, Mixail Lomonosov, Dmitriy Mendeleyev va boshqalarni alohida ko‘rsatib o ‘tish o ‘rinli bo‘ladi. Ahmad al-Far- g‘oniyning «Miqyosi Nil», ya’ni N il daryosining sathini tutash idishlar qonuniyati asosida o ‘lchash va uning natijasiga ko‘ra yilning yog‘ingarchiligi va uning ekin hosiliga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumot- 10
lari, Ulug‘bekning «Zij jadvallari»da keltirgan, hozirgi kunda eng zamonaviy o ‘lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir. Bundan tashqari, Forobiyning astronomik kuzatishlar va o ‘lchashlar uchun maxsus asbob — usturlob yasash sirlari xususidagi qimmatli ma’lu motlari juda katta ham ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga ega. O‘lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy yo‘nalishlar bilan birgalikda axborot-o‘lchash, ya’ni o ‘zida asosiy axborot olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o ‘lchash, nazorat qilish, hisoblash, tashxis, umumlash- tirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga asos bo‘ldi. Qo‘yilgan muammolar, ularni yechish usullari va olingan natija-