Bunda og‘irlik o ‘lchov toshi va o ‘lchovlarni keng qo‘llash bilan birgalikda ularni qalbakilashtirishning oldini olish uchun jazolar ishlab chiqilgan. 12
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o ‘lchash hajmi amali m e’yoriy- qonunlar bilan muvofiqlashtirilgan. Uzoq o ‘tmish tariximizdan m a’lumki, O‘zbekistonda hozirgi kundagi tarixiy yodgorliklar, ya’ni bino va inshootlarning qurilishida standartlashtirish faoliyati ham muhim o ‘rin tutib, o ‘sha paytdagi qurilish ashyolarini birxil- lashtirishdan, peshtoqladagi handasaviy naqshlar, panjaralar va to ‘sinlar hamda poydevor va devorlardagi g‘ishtlarning tarkibiy tuzilishi va o ‘lchamlarida standart andazalar qo‘llanilganligi standartlashtirishdan foydalanilganligining yorqin misolidir. 1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida muayyan kalibr belgilangan. Rossiya Imperiyasining Pyotr II hukmronligi davrida XVII—XVIII asrlarda yaratilgan juda ko‘p qurol-aslaha elementlari aniq bir xil namunalardan qilinishi belgilanib, hozirgi zamon standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo‘lgan. 1785-yili fransuz muhandisi Leblan 50 dona qurol-aslaha qulflarini yaratdi, ularning har biri boshqa qurol-aslahalar uchun qo‘shimcha ishlovsiz tushar edi, ya’ni o ‘zaro almashinuvchan bo‘lgan. 1846-yilda esa Germaniyada temiryo‘llar eni (koleyasi) va vagon ulash ilashmasining unifikatsiyasi (birxillashtirilishi) amalga oshi- rildi. 1869-yilda esa temiryo‘l relsi profili o ‘lchamlari bo‘yicha standart namunalar to ‘plami chiqdi. 1870-yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida «Standart» g‘ishtlar ishlab chiqarila boshlandi.