189-yilda Angliyada, keyinchalik esa Yevropaning boshqa davlatlarida standart, ko‘rsatkichlari ma’lum tartibga solingan burama (rezba)lar ishlab chiqarila boshlandi. XIX asrning oxirlariga kelib Yevropa davlatlari, ayniqsa, kichik hududlardan tashkil topgan Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar soni juda ko‘payib ketgan. Chunki katta bir mamlakat ichida kichik-kichik hududlar mavjud bo‘lib, hali umumlashgan talablar shakllanmagan, o ‘lchovlar taso- difiy tanlangan edi. Masalan, Genrix II tirsagiga teng o ‘lcham «lokot» nomi bilan, buyuk Karl oyog‘i o ‘lchamiga teng birlik «fut» nomi bilan yuritilgandi. 13
1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida «metr»ga asos solinib, u Yer meridiani chorak uzunligining o ‘n milliondan birini tashkil etadi. Oradan 85 yil o ‘tgach, Parij konvensiyasida xalqaro o ‘lchov va tarozilar mahkamasi uzunlik birligi sifatida metrni qabul qildi. Bu voqea ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim hodisa- laridan biri bo‘ldi. Sifatni boshqarish faoliyatining tarixi.Miloddan avvalgi 2150- yildan boshlab sifat to ‘g ‘risidagi ma’lumotlarning ro‘yxatini olib borish tarixchilar tomonidan qayd etilgan. Bobilning miloddan avvalgi 1792—1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlari majmuyi, undan ham avvalroq shoh Ur-Nammu (milod dan avvalgi 2112—2094-yillar)ning qonunlari bunga misol bo‘la oladi. Xammurapining 229-kodeksidan ma’lumki, qurilgan bino va inshootlarning buzilish holatlari yuzaga kelsa va buning natijasida odamlar shikastlansa yoki bino tomonidan biron zarar yetkazilsa,