Bu vaqtda sifatni boshqarish sohasida amerikalik mutaxassis I.Yuran mahsulot sifati ko‘rsatkichi sifatida nuqsonsizlik g ‘oyasini ilgari surgan. Zamonaviy sifat falsafasining shakllanishida Edvards Deming tomonidan 1950-yilda olg‘a surilgan sifat menejmenti dasturi asos bo‘lib hisoblanadi. Mazkur dastur 1992-yilgacha keng miqyosda joriy etilgan. 1976-yilda yaponiyalik mashhur mutaxassis K.Isikava o ‘zining ishida sifat muammolarini yechish uchun sabab-oqibat diagram- masiqurish usulini qo‘llash taklifini ishlab chiqdi. Ayni shu davrda mashhur yapon olim i G.Taguti mahsulotni loyihalashtirish bosqichida optimal qarorlar qabul qilish yo‘li bilan mahsulot sifatini ta’minlash usuli va g‘oyasini ilgari surib, buni o ‘zining ishlarida batafsil tavsiflab bergan. 1980-yil oxirlarida yalpi sifat menejmenti (T Q M — Total Quality Management)usuliyati shakllandi. Sifat asosida yalpi bosh qarish — bu iste’molchilarning qoniqish darajasini oshirish uchun olingan ko‘nikma va bilimlarni qo‘llash va umumiy o ‘qitish hamda faoliyatning barcha turlarini doimiy yaxshilashda barcha xodimlarni jalb qilish va guruhli ishda peshqadamlik yordami bilan yuqori rahbariyatning natijaviylikni doimiy yaxshilash asosidagi biznes falsafasidir. ISO 9000 seriyali standartlarning paydo bo‘lishi va uni amaliyotda keng joriy qilishga TQM birinchi qadamlardan bo‘lib yo‘l ochib berdi. Birinchi tan olingan tizimlar — sifat va sifat standartlari, ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlari murakkabligining sezilarli o ‘sishi paydo bo‘lgan sanoat rivojlanishi va texnologik o ‘zgarishlar