qo‘yiladigan talablar ham o ‘rnatilgan. Oliy ta ’lim.O‘zbekiston oliy maktab tizimi tarkibiga 76 ta oliy o ‘quv yurti, shu jumladan, 19 ta universitet va 36 ta institut, 2 ta akademiya, 1 ta konservatoriya, 1 ta raqs va xoreografiya maktabi, 11 ta OTMlar filiallari, 6 ta xorijiy davlatlar OTMlar filiallari kiradi. Oliy o ‘quv yurtlarida 18,5 ming o ‘qituvchi ishlaydi, ularning yarmidan ko‘prog‘i doktor va fan nomzodlari. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining bajarilishini huquqiy jihatdan ta’minlash, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha chora- tadbirlarni bajarish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli qarori bilan quyidagi standartlar tasdiqlangan va joriy etilgan: — O‘z DSt 1006:2001 «O‘zbekiston uzluksiz ta’lim davlat ta’lim standartlari. Oliy ta’lim davlat ta’lim standarti. Asosiy nizomlar»; — O‘z DSt 1007:2001 «O‘zbekiston uzluksiz ta’lim davlat ta’lim standartlari. Oliy ta’lim davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘na- lishlari va mutaxassisliklari tasniflagichi». O‘z DSt 1006:2001da oliy ta’lim to ‘g‘risida asosiy tushunchalar (o ‘qitish m e’yoriy muddatlari, kasbiy ta’lim dasturi, ta’lim fanlari 22
bloki, yakuniy davlat attestatlashi), bakalavriat va magistraturadan tashkil topgan oliy ta’lim tuzilmasi, ta’lim yo‘nalishlari (muta- xassisliklar) bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlarining mazmuniga talab- lar, talabalarning tayyorlik darajalariga talablar va bitiruvchilarga malakaviy talablar, o ‘quv yuklamasining hajmiga talablar, kadrlarni