ning rivojlanish istiqbollari, jamiyat talablarini hisobga olish; — ta’lim, fan va ishlab chiqarishning birliligi; — matnlarni ifodalash birliligi va aniqligi; — zamonaviy fan, texnika va texnologiya sohasidagi tajriba va yutuqlarga muvofiqligi; — O ‘MKHT maqsadlari va vazifalariga erishish. O ‘MKHT tizimida standartlashtirishni tashkillashtirish, muvo- fiqlashtirish, metodik rahbarlik qilish ta’lim boshqaruvi davlat ido- ralariga yuklatilgan. O‘MKHT tizimidagi ta’lim standartlari uch yil davomida olib borilgan pedagogik tajriba natijalari bo‘yicha tasdiqlanishi lozim. 21
O‘MKHT standartlariga o ‘zgartirishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan o ‘rnatilgan tartibda kiritiladi. O‘MKHT tizimidagi davlat va tarmoq standartlarining talablari- ga rioya qilinishi vakolatli idora tomonidan tekshiriladi. Bunda o ‘quv yurti bitiruvchilarining bilimi, o ‘quv rejalari va dasturlari, o ‘qitish- ning pedagogik texnologiyalari baholanadi. Belgilangan talablarga rioya qilinishi uchun mas’ullik o ‘quv yurtining rahbariyatiga yuklatildi. O‘MKHT sifatini tekshirish ichki, joriy, oraliq, yakuniy, tashqi, davlat-jamoa tekshiruvi va yakuniy davlat attestatsiyasi ko‘rinishida olib boriladi. O‘z DSt 983:2000 da O‘MKHT o ‘quv yurti bitiruvchilariga talablar o ‘rnatilgan. Bunday talablarga bilimlar va kasbiy ko‘nik- malarni o ‘zlashtirganlik, bilim-ko‘nikmalarni amaliyotga joriy eta bilish, jismoniy va kasbiy rivojlana olish kiradi. Shuningdek, bu standartda O‘MKHTda kadrlar tayyorlash y o ‘nalishlari, kasblari va mutaxassisliklar umumdavlat tasniflagichlarini ishlab chiqishga