kengashi sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va sinash laborato riyalari (markazlari)ning qarorlariga shikoyatlarni ham ko‘rib chiqadi. Qonunda tayyorlovchilarning majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik, shuningdek, sertifikat lashtirish bo‘yicha idoralarning sertifikati asossiz berilganligi va so‘rovchining tijorat sirini oshkor qilganligi uchun mas’ulligi ko‘zda tutilgan. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan, sertifikat- lashtirilmagan mahsulotni sotuvga chiqarganlik uchun aybdorlar o ‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi. O ‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni sertifikatlashtirishning qo‘shim- 150
cha huquqiy asosini berdi. Jumladan, majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni sotishda iste’molchiga mahsulotning sertifikatlashtirilganligi to ‘g‘risida ma’lumot berilishi qayd etilgan. Zarur axborot bo‘lmaganda davlat boshqaruv idorasining yozma ko‘rsatmasiga muvofiq mahsulotni sotish to‘xtatiladi. Tayyorlovchi uzoq muddat foydalaniladigan mahsulotlarning barcha turlari va xizmatlariga kafolat muddatini o ‘rnatishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining «Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to ‘g ‘risida»gi Qonuni ham sertifikatlashtirishning huquqiy asosi bo‘ladi. Bu qonun gigiyenik sertifikatlarni rasmiy- lashtirish zarurligini belgilaydi. Bunday sertifikat asosida oziq- ovqat mahsuloti davlat ro‘yxatiga kiritiladi va muvofiqlikka serti fikatlashtirish o ‘tkaziladi. O ‘zbekiston Respublikasining «O‘simliklar karantini to ‘g ‘ri-