Bu tashkilotning standartlashtirish obyektlari quyidagilardan
iborat:
— elektrotexnika sanoati uchun materiallar (suyuq, qattiq, gaz
holatida dielektriklar, mis, aluminiy va uning qotishmalari, magnit
materiallar);
— ishlab chiqarishga m o‘ljallangan elektrotexnik qurilmalar
(payvandlash apparatlari, dvigatellar, yorug‘lik texnikasi qurilmalari,
rele, kichik voltli apparatlar, kabel va h.k.);
— elektroenergetik qurilmalar (bug‘ va gidravlik turbinalar,
elektr uzatish liniyalari, generatorlar, transformatorlar);
— elektronika sanoati buyumlari (integral sxemalar, mikro-
protsessorlar, bosma platalar va boshqalar);
— xo‘jalik va ishlab chiqarish uchun m o‘ljallangan elektron
qurilmalar;
— elektr jihozlari;
— yo‘ldoshli aloqa vositalari uchun qurilmalar va terminologiya.
IEC ning tashkiliy tuzilmasi 5.2-rasmda keltirilgan.
5.3. Metrologiya sohasidagi qonunlashtiruvchi
xalqaro tashkilot
IEC ning yuqori boshqaruv idorasi Kengash, asosiy muvofiq-
lashtiruvchi idorasi Faoliyat qo‘mitasi hisoblanadi. Faoliyat qo‘mi-
tasining tarkibiga maslahat guruhlari va yo‘nalish bo‘yicha qo‘mita-
lar kiradi: yuqori kuchlanishli qurilmalar, radioelektron appara-
turalar, elektr xo‘jalik asboblarining elektr xavfsizligi masalalari
bo‘yicha maslahat qo‘mitasi — ACOS; elektronika va aloqa masa
lalari bo‘yicha maslahat qo‘mitasi — ASET; elektr magnit mosla-
shuvchanligi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh — EM M MG;
axborotlashtirish texnikasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi guruh —
ATMG va o ‘lchamlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh.
Doimiy faoliyat yurituvchi guruhlar bo‘lishi yoki zaruriyat
bo‘lganda ular yaratilishi mumkin.
IEC tashkiloti ISO standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot
bilan hamkorlikda standartlashtirish, sertifikatlashtirish, sinov
199
laboratoriyalarini akkreditatsiyalash va uslubiy jihatlar bo‘yicha
ISO/IEC qo‘llanmalari va ISO/IEC direktivalarini ishlab chiqadi.
Qonunlashtiruvchi metrologiya xalqaro tashkiloti (QMXT)
butunjahon hukumatlararo tashkilot hisoblanib, uning asosiy
vazifasi milliy metrologiya xizmatlari yoki a’zo-davlatlar foyda-
lanayotgan metrologik qoidalar va nazoratlarni uyg‘unlashtirish
hisoblanadi. QMXT 1955-yil 12-oktabrda Parijda bo‘lib o ‘tgan
konvensiyaga muvofiq hukumatlararo organ sifatida tashkillash-
tirilgan.
QMXT tarkibiga texnik ishlanmalar va ta ’minot sohasida faol
shug‘ullanuvchi a’zo-davlatlar va QMXT faoliyati ustidan kuzatuv
chi bo‘lgan muxbir-davlatlar kiradi. QMXT o ‘z faoliyati boshidan
jahon bo‘yicha metrologik ta ’minot sohasida hududiy m e’yorlar
va standartlarni ishlab chiqish uchun asosiy tamoyillarni shakllan-
tiruvchi texnik tuzilmani ishlab chiqdi.
QMXT ikkita asosiy turdagi nashrni amalga oshiradi:
1. Xalqaro tavsiyalar (QMXT T) — o ‘lchash vositalari va quril-
malarning aniqlangan metrologik tavsiflari va usullarini o‘rnatuvchi,
ularga muvofiqligini tekshirish uchun qoidalar modeli. QMXTga
a’zo-davlatlar bu tavsiyalarni qo‘llash imkoniyati darajasini ta’min-
lashi lozim.
2. Xalqaro hujjatlar (QMXT H) — metrologik xizmatlar ishlarini
yaxshilash uchun m o‘ljallangan va axborot beruvchi hujjatlar.
QMXTning yuqorida keltirilgan nashrlarini ishlab chiqish bilan
a ’zo-davlatlardan tarkib topgan texnik qo‘mitalar va qo‘mitaosti
tashkilotlar shug‘ullanadi. Xalqaro va hududiy institutlarning ishlari
maslahat asosida yuritiladi.
Talablarda qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish uchun ISO va
IEC standartlashtirish tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilgan
bo‘lib, QMXT talablari birgalikda qo‘llanadi.
QMXT faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
—
QMXTga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o ‘lchash vosita
larining uslubiy-me’yoriy metrologik tavsiflarining birliligini bel-
gilash;
200