— bunday texnik reglamentlar majburiy emas, balki ixtiyoriy
qo‘llaniladigan standartlar bo‘lib qoladi;
— ayni bir vaqtda uyushma m a’muriyatga uyg‘unlashtirilgan
standartlar (yoki vaqtinchalik milliy standartlar) bo‘yicha tayyor
langan mahsulotning direktivada o ‘rnatilgan «umumiy talablarga»
muvofiqligini o‘rnatish vazifasi yuklatiladi. Bu shuni anglatadiki,
ishlab chiqaruvchi mahsulotni bu standartlarsiz ishlab chiqarish
imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, ishlab chiquvchiga o ‘z mahsuloti-
ning direktivadagi umumiy talablarga muvofiqligini isbotlashiga
to ‘g‘ri keladi.
O ‘tish davrida, yagona standart qabul qilinguncha eng yaxshi
milliy standartlardan keng foydalanishga katta ahamiyat beriladi.
Uyushma mamlakatlarining integratsiya jarayonlariga talablarni
qondiruvchi xalqaro standartlarni qo‘llash ko‘zda tutilgan, agar
bunday standartlar yo‘q bo‘lsa, Yevropa standartlari (C E N /
CENELEK standartlari) ishlab chiqiladi. Bunday standartlar kela-
jakda xalqaro standartlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Yevropa standartlariga afzallik beriladi, natijada G ‘arbiy Yev-
ropada hududiy standartlashtirishni mustahkamlash va rivojlantirish
mumkin bo‘ladi.
Elektrotexnikada standartlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi
(CENELEK). CENELEK 1972-yilda ikkita tashkilot - YESA
(CENEL)ga a ’zo-mamlakatlarning elektrotexnik standartlarni
muvofiqlashtirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi va YlUga a ’zo-
mamlakatlarning elektrotexnik standartlarini muvofiqlashtirish
bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (CENELQOM)ning qo‘shilishi nati-
jasida tuzildi.
CENELEK a ’zolari 17 ta Yevropa davlati: Avstriya, Belgiya,
Buyuk Britaniya, Gretsiya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Luksem-
burg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Finlandiya, Fransiya,
Germaniya, Shveysariya, Shvetsiyaning milliy elektrotexnik qo‘mi-
talaridan iborat. Bu davlatlar (Luksemburgdan tashqari) bir vaqt-
ning o ‘zida IEC a ’zosi hisoblanadi. Bu qo‘mitaning tashkiliy tuzil
masi 5.5-rasmda keltirilgan.
CENELEK ning rasmiy tillari ingliz, fransuz va nemis tili
hisoblanadi.
207