xizmatlarga nisbatan ishlab chiqiladi. Zarur bo‘lganda tashkiliy- metodik va umumtexnikaviy tarmoq standartlari ishlab chiqiladi. Ushbu obyektga xalqaro, davlatlararo standartlar yoki davlat stan darti va O‘zbekiston standartlari mavjud bo‘lsa, tarmoq standartlari mahsulot, jarayonlar, xizmatlarga yanada yuqori talablarni o ‘rna- tishi va tarmoqning o ‘ziga xos xususiyatlariga nisbatan qo‘llanila- digan nomenklatura, m e’yorlar va talablarga cheklovlar o ‘rnatishi mumkin. 115
Tashkiliy-metodik birlilikka erishish va ishlar bosqichlarining bajarilishini tekshirish maqsadlarida tarmoq standartlarini ishlab chiqishning to ‘rt bosqichi o ‘rnatiladi: 1-bosqich — standartni ishlab chiqishni tashkillashtirish; 2-bosqich — standartning loyihasi (birinchi tahriri)ni ishlab chiqish; 3-bosqich — standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish; 4-bosqich — standartni tasdiqlash va ro‘yxatdan o ‘tkazish. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish bosqichlarini birlashtirish ruxsat etiladi, bu hol shartnomada yoki standartni ishlab chiqishga texnik topshiriq (TT)da aks ettiriladi. Tarmoq standartlari va davlat standartlarining loyihalarini ishlab chiqish bosqichlari bir-biriga o ‘xshaydi, faqat to ‘rtinchi bosqich bundan mustasno, chunki tarmoq standartlarini tasdiqlash davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralariga yuklatilgan. Tarmoqni boshqarish idorasi tarmoq standartini ko‘rib chiqadi va tasdiqlash to‘g ‘risida qaror qabul qiladi yoki ushbu idora o ‘rnat- gan tartibda standartni kamchiligini to‘ldirishga qaytaradi. Tarmoq