4) standartning ilmiy-texnikaviy darajasi; 5) standartni joriy etishdan olinadigan texnik-iqtisodiy samara- dorlik; 6) joriy etish, standartni amalga kiritish (amal muddati) va standartni tekshirish; 7) boshqa m e’yoriy hujjatlar bilan o ‘zaro bog‘liqligi; 8) fikr-mulohazalar uchun jo ‘natilganligi to ‘g ‘risida ma’lumot standartning birinchi tahriridan boshqa barcha tahrirlariga fikr olish uchun jo ‘natilganligi to ‘g ‘risida ma’lumot; 9) standart loyihasining tasdiqlashga taqdim etiladigan faqat oxirgi tahririga oid kelishilganlik to ‘g ‘risida ma’lumot; 10) axborot manbalari; 11) qo‘shimcha ma’lumotlar. Tushuntirish yozuvi standart loyihasining har bir tahririga tuzi- ladi, tushuntirish yozuvida standart loyihasiga birinchi tahrirga nisbatan kiritilgan asosiy ko‘rsatkichlar, m e’yorlar, tafsilotlar, talab- lardagi o ‘zgartirishlar aks ettiriladi va o ‘zgartirishlarni texnik-iqti- sodiy asoslash keltiriladi. «Standartni ishlab chiqishga asos» bo‘limida standartning qan day manbaga asosan ishlab chiqilishi ko‘rsatiladi. «Standartni ishlab chiqish maqsadlari va vazifalari» bo‘limida ishlab chiqiladigan standartni qo‘llash natijasida erishiladigan oxirgi natijalar va standartni ishlab chiqishda hal etiladigan masalalar keltiriladi. «Standartlashtirish obyektining tafsiloti» bo‘limida standartning birinchi marta ishlab chiqilayotgani to‘g‘risida ma’lumot yoki stan dart loyihasini ishlab chiqish boshlanishida amal qilinayotgan stan dartlar, texnik shartlar va boshqa hujjatlar to‘g ‘risidagi ma’lumotlar va ularning maqbulligini texnik-iqtisodiy asoslash keltiriladi. 114