tartiblarini ishlab chiqish; — sertifikatlashtirish uchun o ‘tkaziladigan sinovlarning qoida larini ishlab chiqish (bundan keyin sertifikatlashtirish sinovlari); — sertifikatlashtirish qatnashchilarining davlat boshqaruv idora lari bilan o ‘zaro hamkorlik tartiblarini aniqlash. Sertifikatlashtirish milliy tizimi O‘zbekiston Respublikasining qonuniy va m e’yoriy hujjatlariga muvofiq faoliyat olib boradi. O ‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tizimining quyi dagi sertifikatlashtirish turlari amalga oshiriladi: — majburiy sertifikatlashtirish; — ixtiyoriy sertifikatlashtirish. M a jb u riy sertifik a tla sh tirish g a O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maxsus ro‘yxatga kiritilgan, ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan va olib chiqiladigan, sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar kiradi. Yuqoridagi ro‘yxatga fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mulki- ning xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, o ‘zaro almashi nuvchanlik va moslashuvchanlikni ta’minlash bo‘yicha m e’yoriy hujjatlarda talablari belgilangan mahsulotlar yoki xizmatlar kiri- tiladi. Bu ro‘yxatdan tashqari, Oliy Majlis tomonidan qabul qili- nadigan qonunlar, Prezident farmonlariga asosan ma’lum xizmatlar va mahsulotlar uchun ham xuddi shunday talablar qo‘yilishi mumkin. 160
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishga O ‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari hamda hukumat qarorlariga aso- san ro‘yxatga kiritilmagan xizmatlar yoki mahsulotlar kirishi mum kin, bu vaqtda ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi yoki iste’mol