Ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi metrol-www.hozir.org
R ga va qo‘zg‘aluvchan
qismning burchakli tezligi
da/dt ga proporsionaldir. Tinchlan
tiruvchi moment ma’lum darajada asbobning muhim ekspluatatsion
parametrlaridan biri — tinchlanish vaqtini belgilaydi.
Elektromexanik turdagi o ‘lchash asboblarining turlari, ularning
ishlashi, metrologik tavsiflari. Elektromexanik turdagi asboblar
magnitoelektrik, elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik,
elektrostatik va induksion tizimli asboblarga b o ‘linadi. Bu tizimdagi
asboblar nisbatan keng tarqalgan b o ‘lib, 2.5-jadvalda ularning tav-
siflari keltirilgan.
Magnitoelektrik o ‘lchash asboblar — doimiy tok zanjirida elektr
tok kuchi, kuchlanish yoki elektr miqdorini o ‘lchaydigan asboblar.
Magnitoelektrik asboblarning o ‘lchash mexanizmining harakat-
lanuvchi qismi doimiy magnitdagi magnit maydoni va o ‘tkazgichdagi
tok bilan o ‘zaro ta’sirlashish natijasida harakatlanadi.
Doimiy magnit maydonida joylashgan harakatlanuvchi ramkali
magnitoelektrik asboblar eng ko‘p tarqalgan (2.9-rasm).
Ramkali g‘altak b o ‘yicha tok o ‘tishida aylantiruvchi moment
hosil qiluvchi kuch yuzaga keladi. Ramkaga tok prujina yoki uzay-
tirgich orqali o ‘tib, mexanik aylanish momentiga teskari ta’sirni
yaratadi.
Ikkala harakat natijasida ramka ramkadagi tok kuchiga propor-
sional ravishda harakatlanadi. Bevosita ramkadagi g‘altak orqali
58