standartini tasdiqlashda uni amalga kiritish sanasi standartni joriy etishga tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni bajarish muddatlarini hisob- ga olgan holda belgilanadi. Tarmoq standartining amal qilish mud- dati tasdiqlovchi idora tomonidan buyurtmachi bilan kelishilgan holda o ‘rnatiladi. Mahsulotga tarmoq standartlari «O‘zstandart» agentligida davlat ro‘yxatidan o ‘tkaziladi. Tarmoq standartining belgisi quyidagilardan iborat bo‘ladi: — hujjat indeksi — TSt; — tarmoqni boshqarish idorasining shartli raqamli belgisi; — tarmoqni boshqarish idorasi tom onidan «O‘zstandart» agentligi bilan kelishilgan holda o ‘rnatilgan tartibda beriladigan, nuqta bilan ajratilgan ro‘yxat tartib raqami; — ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to ‘rtta raqami. Misol uchun: TSt 45.001:1999. 116
M a’muriy-hududiy standartlarni ishlab chiqish tartibi. M a’muriy-hududiy standartlar O‘z D St 1.20:2001 «O‘z SDT. M a’muriy standartlarni ishlab chiqish, kelishish va davlat ro‘yxa- tidan o ‘tkazish tartibi» talablariga muvofiq ishlab chiqiladi. M a’muriy-hududiy standartlashtirishning asosiy maqsadi hu- dud korxonalarida chiqariladigan mahsulotning sifatini va raqobat- bardoshligini oshirishga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yo‘li bilan ko‘maklashishdan iborat: — ko‘rsatkichlari va tafsilotlari o ‘xshash mahsulotga davlatlar aro, davlat va tarmoq standartlarining talablaridan ustunlik qila- digan (yoki) ularni ravshanlashtiradigan standartlarni, shuningdek, hudud uchun xos mahsulot (xizmatlar)ga yuqoriroq darajali m e’yoriy hujjat yo‘q bo‘lganda qabul qilish; — moddiy, xomashyo, energetik, odam va tabiiy boyliklardan