1) mahsulotning tarkibiy qismlari, texnologik moslama va asbob; 2) texnologik jarayonlar, shuningdek, ularga umumiy texnologik me’yorlar va talablar (atrof-muhit, odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlikni ta’minlashni hisobga olgan holda o ‘rnatiladi); 3) korxona ichida ko‘rsatiladigan xizmatlar; 4) ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish jarayonlari, mahsulot (jarayonlar, xizmatlar)ning sifatini ta’minlash, ishlab chiqarishni shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlarni bajarishda tashkillashtirishning umumiy vazifalari. Korxona standartlarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda korxonaning buyurtmasi bo‘yicha korxona standartlarining loyihasini TQ yoki STT ishlab chiqadi. Chet iste’molchilarga yetkazib berish (xaridga chiqarish) uchun m o‘ljallangan mahsulot (jarayonlar, xizmatlar)ga yangidan ishlab chiqiladigan, qayta ko‘rib chiqiladigan korxona standartlari va ularga kiritiladigan o ‘zgartirishlar kelishishi lozim. Korxona standarti asosiy iste’molchilar bilan kelishiladi va, zarur bo‘lganda, kasaba uyushma idoralari, davlat nazorati idoralari, Davarxitekturaqurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, yong‘indan saqlash, transport tashki- lotlari va boshqalar bilan kelishiladi. Korxona standartini korxona rahbari (rahbar muovini) buyruq va (yoki) standartning birinchi betida imzo chekib, «Tasdiqlayman» grifi bilan tasdiqlaydi. Korxona standartini buyruq bilan tasdiqlashda buyruqda standartni amalga joriy etish sanasi belgilanadi va zarur bo‘lganda standartni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar