O'ng qorinchaning o'tkir yetishmovchiligi. Bu xastalik kamroq uchraydi. U o'ng qorinchaning zo'riqishi natijasida vujudga keladi. O'ng qorinchaning zo'riqishi o'pka tomirlari kasalliklari, ularning spazmi va turli xil suyuqliklarni ko'p miqdorda quyishdan kelib chiqadi. Ayrim paytlarda o'pka tromboemboliyasi ham o'ng yurak yetishmovchiligiga sabab bo'ladi.
O'ng qorincha o'tkir yetishmovchiligining klinik belgilari quyidagilar: taxikardiya, gipotoniya, bemor lablarining ko'karishi, hansirash, bo'yin tomirlarining bo'rtib chiqishi, jigarning katta-lashishi. Bemor o'ziga qulay bo'lgan holatni qidiradi, markaziy vena bosimi yuqori bo'lib, organizmida akratsianoz ko'zga tashlanadi.
Yordam ko'rsatishda birinchi navbatda keltirib chiqargan sabablarni aniqlab, ularga qarshi kurashish zarur. Kasallik ko'p miqdorda sitratli qon quyish natijasida kelib chiqqan bo'lsa, kalsiy xlor yuboriladi; o'pka tomirlari spazmi natijasida kelib chiqqan bo'lsa, 2,4 % li eufillin, strofantin, laziks, o'pka arteriyalari trombozi sodir bo'lgan bo'lsa, 10—15 ta'sir birlik geparin tomir ichiga yuboriladi. Doimiy ravishda kislorod berib turishni ham unutmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: |