O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


ANESTEZIOLOGIYA-REANIMATOLOGIYA VA JADAL



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə152/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

ANESTEZIOLOGIYA-REANIMATOLOGIYA VA JADAL

DAVOLASH AMALIYOTIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI

Narkoz yoki operatsiya paytida gaz ballonlari (kislorod, azot oksidi, ingalatsion anestetiklar) va tez yonuvchi anestetiklardan foydalanish paytida yong'in chiqishi va portlashlar sodir bo'lishi mumkin. Narkoz apparatlari yoki boshqa elektr asboblami ishlatganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik ham baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Xususan, tez yonuvchi aneste­tiklar: efir, siklopropan yoki azot oksiddan, kislorod bilan qo'shilmasidan foydalanganda ehtiyotlik talab qilinadi. Narkoz paytida kutilmaganda asoratlar kelib chiqishi, hatto oddiy Shimelbush maskasi orqali narkoz berilganda ham asorat olish mumkin. Masalan, bemorning ko'zi yopilmasa, narkotik anestetik bug'lari ko'zga tushib uni kuydirishi yoki lablarning ayrim shilliq qavatlarini kuydirishi mumkin.

Apparat bilan narkoz berishdan oldin apparatning ishga ya-roqli yoki yaroqsizligini, ya'ni apparatning germetikligi, rezina naylar, klapanlarning butunligini, ulardan gazning o'tishini, qopchalarning butunligini, gazlar keladigan shlanglarning to'g'ri ulanganligini, reduktorlarning ko'rsatishini, ballonlarda necha atmosfera gaz borligini tekshirish lozim. Shlanglarni noto'g'ri ulash, ya'ni azot oksid shlangini kislorod shlangiga yoki aksincha ulash oqibatida o'lim yuz berishi mumkin. Narkoz paytida iloji boricha qo'shimcha (zaxira) shlanglar yoki qopchalarning bo'lgani raa'-qul. Kislorodni maxsus kalit bilan ochish va shlang vintelini ber-kitib qo'yish lozim, aks holda kislorodning katta oqimi yoki bo-simi shlangni yorib yuborishi yoki bemorga zarar yetkazishi mumkin. Kislorod ballonlari bilan muomala qilganda qo'lda yog' qoldiqlari bo'lmasligi kerak, aks holda portlash ro'y berishi mu-qarrar.

Intubatsiya qilishdan oldin laringoskopning ishlash yo ishlamasligi tekshiriladi, zaxirada bo'lgani ma'qul. Apparat va uning qismlari sterilizatsiya qilingandan yoki mexanik tozalashlardan keyin sinchiklab tekshirilishi kerak. Narkoz paytida apparatni ta'mirlash yoki qismlarini burash qat'iyan man qilinadi. Hamma tekshirish ishlari narkozdan oldin o'tkazilishi kerak.

Anesteziolog narkoz apparati bilan ishlaganda quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi kerak: oldin ishlatilmagan yoki yaxshi bilmagan apparat bilan ishlamaslik; narkoz berishdan oldin kislorod yoki ballistik ballonlarni, ularning germetikligini o'zi tekshirib, sozligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Foydalanib turilgan ballonlar va apparatlardan tashqari zaxi­rada yana bir kislorod balloni, apparat va uning ehtiyot qismlari bo'lishi shart. Narkoz paytida bemor holidan doim xabardor bo'lib turish, apparatlarning ishlashini doimo kuzatib borish ope­ratsiya xonasida bo'lishi mumkin bo'lgan asoratlarning oldini oladi. Narkoz tamom bo'lgandan yoki anestetik keladigan yo'llar o'chirilgandan so'ng ham, hidlab ko'rib uning yo'qligiga ishonch hosil qilish kerak. Biror noxush holat sezilsa, operatsiya to'xtatilib, ballonlardan to intubatsion trubkalargacha sinchiklab ko'zdan kechiriladi.

Portlash va yong'inning oldini olish uchun, iloji boricha, yonmaydigan, portlamaydigan anestetiklarni qo'llash, alanga chiqa-radigan manbalarni yo'qotish, narkoz tamom bo'lgandan so'ng qoldiq anestetiklarni, xususan, efirni qoldirmasdan apparatning shlanglarini yuvib, kislorod oqimini o'tkazish kerak. Keyin appa­rat qismlari sterilizatsiya qilinadi.

Narkoz paytida ballonni almashtirish, apparatni tuzatish yoki qo'shimcha elektr asboblarni ishlatish man qilinadi. Operatsiya xonasida tuzatilmagan, o'zidan uchqun chiqaradigan elektr asboblarni qo'llash, yonuvchi anestetiklar qo'llanilganda endos-kopiya apparatlaridan foydalanish man qilinadi. Narkoz apparat­lari, operatsiya stoli yerga ulanishi shart. Elektr asboblari bilan ishlayotganda yoki ular tokka ulangan bo'lsa, ularni artish, pol yuvish kabi ishlar taqiqlanadi. Xonada elektrostatik zaryadni kamaytirish uchun maxsus baxilalarda yurish, rezina kiyimlar kiymaslik, operatsiya xonasida namlik yuqori bo'lishi hamda yuqori zaryadlarni olib chiqishi uchun kondensirlangan havo bilan ta'minlanishi, namlik 60% dan kam bo'lmasligi kerak. Bemor operatsiya xonasiga maxsus ip gazlama kiyimda olib kirilishi, xodimlar qo'lida yoki tanasida turli xil taqinchoqlar bo'lmasligi shart. Operatsiya xonasiga kislorod chiqib turmasligi kerak, aks holda xonada yong'in sodir bo'lishi mumkin.

Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, operatsiya xonasida doim statik elektr zaryad bo'ladi. Bu zaryad apparat va boshqa anjomlar yoki xodimlarning harakati natijasida, buyumlarning shikast-lanishidan sodir bo'ladi. Biror bir uchqun chiqishi bilan katta portlash sodir bo'lishi mumkin. Bu zaryad natijasida bemor tanasidagi bo'shliqlar: ichak, oshqozon, to'g'ri ichak, og'iz bo'sh-hg'i va h.k.larda gaz to'planib, to'plangan zaryadlar portlashga olib kelgani ma'lum. Shunday asoratlar bo'lmasligi uchun yuqorida aytib o'tilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak.

Operatsiya xonasida antistatik rezina kiyimlar kiyish, u yerda behuda harakatlar qilmaslik lozim.



Kislorod ballonlari belgilangan maxsus joyda saqlanishi kerak. Ular maxsus kalitlar yordamida ochiladi. Issiq havoda ballon ichida bosimning oshishini hisobga olib, ularni salqin joyda saqlash talab qilinadi. Ularni tashishda maxsus aravachalardan foydalaniladi, ularning yaroqlilik muddatiga e'tibor beriladi. Bu muddat har qaysi ballonning yuqori qismiga yozilgan bo'ladi. Kislorodli ballon havorangga bo'yalgan bo'ladi. Ballon yuqoridagi talablarga javob bermasa uni ishlatish man etiladi.

1-ilova


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin