O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə21/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Sug‘urta faoliyatini
qonun osti hujjatlari
bilan tartibga solish


4 3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2002-yil 31-yanvarda


«Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» Farmon qabul qildi. Bu Farmon sug‘urta
xizmatlari sohasidagi erkinlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish
va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, respublikada sug‘urta bo-
zorini taraqqiy ettirishning iqtisodiy omillarini kuchaytirish, sug‘urta
tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda
ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul
qilinganligini alohida ta’kidlash joiz. Shuningdek, Farmonda 2002-
yilning 1-fevralidan boshlab, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar,
sug‘urta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad (foyda) solig‘i
to‘lashdan ozod qilinishi va buning natijasida bo‘shaydigan
mablag‘lar aniq maqsadni ko‘zlagan holda mazkur tashkilotlar-
ning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mintaqalarda keng
tarmoqli agentlik shoxobchalarini tashkil etishga, kadrlar tayyorlash
va qayta tayyorlashga, shu jumladan, chet ellarda tayyorlash va
qayta tayyorlashga yo‘naltirilishi aniq belgilab qo‘yilgan.
Shunisi e’tiborliki, soliq olishdan bo‘shaydigan mablag‘larni
tarkibida davlat ulushi bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari Ustav
jamg‘armalarini ko‘paytirishga yo‘naltirish chog‘ida mazkur
mablag‘larni davlatga tegishli ulush miqdoriga qo‘shib hisoblaydilar.
2002-yilning 1-fevralidan boshlab to‘rt yil mobaynida sug‘urta
tashkiloti tugatilgan yoki u sug‘urta faoliyatini to‘xtatgan hollarda
daromad (foyda) solig‘ining summasi ushbu Farmonga muvofiq be-
rilgan butun imtiyozli davr uchun to‘liq miqdorda undirib olinadi.
Farmonda belgilab qo‘yildiki, yuridik shaxslarning ixtiyoriy
sug‘urta turlari bo‘yicha sarf-xarajatlari daromad (foyda) solig‘ini
hisob-kitob qilish chog‘ida qonunchilikda belgilangan me’yorlar
doirasida soliqqa tortiladigan baza hisobidan chegirib tashlanadi.
2002-yilning 1-fevralidan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlar
xaridorlarga xizmat qiladigan banklarning kafolatlari yoki eks-
port shartnomalarining siyosiy va tijorat risklaridan sug‘urta po-
lisi mavjud bo‘lgan taqdirda oldindan haq olmasdan va akkredi-
tiv ochmasdan erkin almashtiriladigan valutaga tovarlar (ishlar,
xizmatlar)ni eksport qilishlari mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin