4 5
korxonalarning paydo bo‘lishi, o‘z-o‘zidan sug‘urta xizmatlariga
bo‘lgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki, ilgarigi tajribadan
farqli o‘laroq, nodavlat sektoridagi korxonalar stixiyali hodisalar
tufayli zarar ko‘rganda, bu zararlar davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan qoplanmaydi.
Yuqorida bayon etilganlarga qo‘shimcha ravishda ta’kidlash
lozimki, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar sug‘urta tizimini
tubdan o‘zgartirib yubordi. Davlat sug‘urta tashkilotlariga
raqobatbardosh xususiy sektorda mustaqil sug‘urta kompaniyalari
vujudga kela boshladi. Bu shubhasiz, ularning faoliyatini tartibga
soladigan maxsus qonun qabul qilishni talab etdi. 1993-yilning
6-mayida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi (hozirgi Oliy
Majlis) «Sug‘urta to‘g‘risida» Qonun qabul qildi. Ushbu Qonun
sug‘urtani rivojlantirishning, sug‘urta bozorini shakllantirishning
huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda
sug‘urtaning mavqeyi va o‘rnini belgilab beradi, fuqarolar va
yuridik shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablari to‘liq-
roq qondirilishini kafolatlaydi, sug‘urta munosabatlari barcha ish-
tirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va majburiyatlariga
rioya etilishini ta’minlaydi. Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur
Qonunda davlat sug‘urtasining monopoliyasiga barham berildi.
Boshqacha so‘z bilan ifodalaganda, davlat sug‘urta tashkilotlari
va nodavlat sug‘urta tashkilotlari uchun teng sharoitlar yaratildi.
1993—1994-yillarda nodavlat sug‘urta tashkilotlari ichida eng
ko‘p sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirgan hamda eng dastlabki
nodavlat sektoridagi sug‘urta kompaniyalaridan biri — «ARK
sug‘urta guruhi»dir. Bu kompaniya ilk marta 1991-yilning 21-
fevralida «ASTROVAZ» nomi bilan rossiyalik hamkorlar
yordamida tashkil etildi. 1992-yilning yanvar oyida rossiyalik
hamkorlar ta’sischilar safidan chiqarildi. Shu yilning 24-iyunida
«ASTROVAZ» yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
«ARK sug‘urta guruhi» bilan bir qatorda 1992—1994-yillarda
«Umid» Osiyo sug‘urta kompaniyasi ham nisbatan faol sug‘urta
qilish ishlarini amalga oshirdilar. Bu kompaniyaning asosiy
ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi xomashyo birjasi va Pokiston
Islom Respublikasidan bo‘lgan hamkorlardir. Ushbu kompaniya
dastlab, eksport-import yuklarini, transport vositalarini
sug‘urtalashga ixtisoslashgan bo‘lsa, keyinchalik kredit risklarini
sug‘urtalash bilan shug‘ullangan.
4 6
Aksiyadorlik shaklidagi sug‘urta tashkilot-
larining faoliyati «Sug‘urta faoliyati
to‘g‘risida»gi Qonun bilan bir qatorda
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador-
larning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq
huquqiy tartibga solinadi. Aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari yopiq
va ochiq turda tashkil etilishi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston
Respublikasi sug‘urta bozorida boshqa mulk shaklidagi sug‘urta
tashkilotlari bilan bir qatorda aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari
ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ular jumlasiga ochiq
aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan «O‘zagrosug‘urta»
va «Kafolat» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalarini,
«Madad» sug‘urta agentligini, «Kapital sug‘urta» ochiq aksiya-
dorlik jamiyatlarini misol sifatida keltirish mumkin.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan sug‘urta
tashkilotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — ular
aksiyalarining fond bozorida erkin savdoga qo‘yilishidir. Hozirgi
kunda ushbu sug‘urta tashkilotlari tomonidan sotuvga chiqarilgan
aksiyalar to‘liq investorlar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lsa-da, ular
ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorida oldi-sotdi obyektiga
aylangani yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga
muvofiq, aksiyadorlik shaklidagi jamiyatlarning, shu jumladan,
sug‘urta tashkilotlarining oliy boshqaruv organi — aksiyadorlarning
Umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Aksiyadorlarning Umumiy
yig‘ilishi maxsus vakolatiga quyidagilar kiradi:
— sug‘urta tashkiloti Nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritish;
— sug‘urta tashkilotini qayta tashkil etish;
— sug‘urta tashkilotini tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash
hamda oraliq va yakuniy balansni tasdiqlash;
— sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashining tarkibi va sonini
aniqlash, uning a’zolari va raisini saylash;
— e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
— sug‘urta tashkilotining ustav kapitalini ko‘paytirish;
— sug‘urta tashkilotining auditorini tasdiqlash.
Shunisi diqqatga sazovorki, aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi
bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Aksiyadorlarning Umumiy
Dostları ilə paylaş: