4 8
mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin
emas. Ta’kidlash joizki, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida
tashkil etilgan sug‘urta tashkiloti ishtirokchilarining soni ellik
kishidan oshmasligi lozim.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Sug‘urta sohasida davlat monopoliyasining tugatilishiga sabab bo‘lgan
omillar nima?
2. Sug‘urta bozorining qatnashchilari haqida so‘zlab bering.
3. Sug‘urta tashkiloti qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda barpo etilishi
mumkin?
4. Aksiyadorlik sug‘urta tashkilotini tuzishning asosiy xususiyatlari nimada?
5. Aksiyadorlik sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashining vakolatlarini sanab
bering.
6. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sug‘urta tashkilotlarining o‘ziga
xosligi haqida so‘zlab bering.
7. Sug‘urta tashkilotlari xususiy mulk shaklida tuzilishi mumkinmi?
8. Aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari tuzilayotganda Ustav kapitalining eng
kam miqdori qancha summani tashkil etishi lozim?
9. O‘zbekiston sug‘urta bozorida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi
sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritishi mumkinmi?
10. Sizningcha, sug‘urta tashkilotlari yana qanday tashkiliy-huquqiy
shakllarda tuzilishi mumkin?
7-mavzu.
Sug‘urta tarifi va uning tarkibi
Sug‘urta tarifi tushunchasi.
Sug‘urta tarifining tarkibi.
Risklar transferini funksional mazmun-
mohiyatiga ko‘ra, o‘zaro uzviy bog‘liq
bo‘lgan sug‘urta xizmatlarini tashkil etish
hamda ularni ko‘rsatish sa’y-harakatlari majmuasi, deb ta’kidlash
mumkin. Mazkur faoliyatning asosiy maqsadi iqtisodiyot
subyektlarining talablariga ko‘ra, ularni sug‘urta risklaridan
himoyasini ta’minlashga qaratilgandir. Bu jarayonda risklar yuz
berishi oqibatida ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan zararlarni qoplashda
sug‘urta tizimi barqarorligini ta’minlashning ahamiyati ortmoqda.
Shunga ko‘ra, risklar transferida tariflarni optimal darajada
belgilash sug‘urta tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim
omili sifatida qaralmoqda.
Dostları ilə paylaş: