O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə19/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Sug‘urta huquqi
tushunchasi


3 8
— fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida shakllanadigan


fuqarolik-huquqiy munosabatlar;
— sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro
munosabatlar;
— fuqarolar va maxsus davlat organlari o‘rtasida paydo
bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar;
— sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi
o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar.
Fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan
fuqarolik-huquqiy munosabatlar tegishli shartnoma qoidalariga
asoslanadi. Bunda bir tomondan, sug‘urta tashkilotining fuqaro
oldida, ikkinchi tomondan, fuqaroning sug‘urta tashkiloti oldidagi
burch va majburiyatlari paydo bo‘ladi. Ya’ni, tuzilgan shartnomaga
ko‘ra, fuqaro o‘z vaqtida sug‘urta mukofotini to‘lashi shart.
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda esa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta
shartnomasida qayd etilgan shart va muddatlarda sug‘urta
qoplamasi (summasi)ni fuqaroga to‘lab berishi lozim. Ko‘rinib
turibdiki, shartnoma — fuqarolik-huquqiy hujjat sifatida taraflar-
ning o‘zaro munosabatini huquqiy tartibga solyapti.
Sug‘urta tashkilotlarining bir-birlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan
fuqarolik-huquqiy munosabatlari sug‘urta puli va qayta sug‘urta
qilish bilan bog‘liq tuzilgan shartnomalar doirasida shakllanadi.
Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, sug‘urta tashkiloti moliyaviy
barqarorlikni ta’minlash, binobarin, sug‘urtalanuvchilar oldida o‘z
majburiyatini bajarishini ta’minlash maqsadida sug‘urta pulida
ishtirok etishi yoxud boshqa sug‘urta tashkilotlari yoki ixtisos-
lashgan qayta sug‘urta tashkilotlari bilan shartnomaviy
munosabatlarga kirishishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 959-moddasida «sug‘urta shartnomasi
bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini
yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki
qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan
tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalani-
shi mumkin» deb alohida qayd etilgan.
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta
sug‘urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilma-
gan bo‘lsa, Fuqarolik kodeksining tadbirkorlik riskini sug‘urta
qilish borasida qo‘llanishi lozim bo‘lgan qoidalari tatbiq etiladi.
Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta shartnomasi


3 9
(asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi keyingi shartnomada


sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi.
Fuqarolar va maxsus davlat organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan
fuqarolik-huquqiy munosabatlar maxsus vakolatli davlat
organining sug‘urtalanuvchilar bo‘lgan — fuqarolarning qonuniy
manfaatlarini himoya etish bilan bog‘liqdir. Amaliyotda shunday
holatlar bo‘ladiki, sug‘urta tashkiloti sug‘urtalanuvchiga sug‘urta
hodisasi tufayli ko‘rilgan zararni qoplashdan asossiz voz kechishi
mumkin. Bunday paytda o‘z manfaatlarini huquqiy himoya etish
maqsadida sug‘urtalanuvchi maxsus vakolatli davlat organiga
murojaat etishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida
paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari
asosida tartibga solinadi. Maxsus vakolatli organning sug‘urta
tashkilotlariga nisbatan paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy
munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
va «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z aksini topgan.
Maxsus vakolatli davlat organi qonunda belgilangan tartibda
sug‘urta tashkilotlarining faoliyatini nazorat etib boradi. Zaruriyat
bo‘lganda esa, sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya etish
maqsadida undan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini
beruvchi litsenziyani chaqirib olish huquqiga ega.
Sug‘urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug‘urta
munosabati qatnashchilarining xatti-harakatini huquqiy normalar
vositasida amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning
mulkiy huquqlarini har xil oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan
sug‘urtaviy himoya qilish uchun ko‘pchilik shaxslar tomonidan
tashkil etiladigan maxsus fond hisobidan amalga oshiriladigan
sug‘urta faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan ijtimoiy
munosabatlar mavjud. Ushbu munosabatlarni tartibga soladigan
normalar yig‘indisiga sug‘urta huquqi deyiladi.
Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi
qonun hujjatlarini ikki turga bo‘lish
mumkin:
— sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonunlar;
— sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi umumiy qonunlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2002-yilning
5-aprelida qabul qilingan va shu yilning 28-mayida amaliyotga

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin