Sug‘urta faoliyatida
risklar transferi
1
Tajribadan tashqari bevosita kuzatish, mulohaza yo‘li bilan ham haqiqatni
bilish mumkin degan ma’noda (izoh muallifniki).
3 3
amalga oshiriladi. Risklar bo‘yicha sug‘urta portfeli qaytadan tas-
niflanadi, ya’ni ular namoyon bo‘lish shakli va holatiga ko‘ra
toifalanadi. Natijada sug‘urta faoliyati samarali amalga oshirilishini
ta’minlash omili sifatida risklarni differensiatsiyalash yanada aniq-
lashtiriladi.
Sug‘urtada hisobot davri uchun zararlarni taqsimlash shakli
turli usullardan foydalanib aniqlanadi va amalga oshiriladi. Bu
jarayonda risklar, sug‘urta faoliyatining istiqbolini belgilash maq-
sadida, mutanosib ravishda loyihalashtiriladi. Bu risklar transferi
jabhasi bo‘lib, u kelgusida olib borilishi kerak bo‘lgan ilmiy
tadqiqotlar uchun ham asosdir.
Risklarni aniqlashtirish — risk transformatsiyasi
2
sifatida (6-
chizma) ikki bosqichda, ya’ni: «sug‘urtalanuvchi-sug‘urtachi-qayta
sug‘urtalovchilar» o‘rtasida amalga oshiriladi.
Sug‘urta faoliyatida zararlarni taqsimlash shakli, birinchidan,
risklarga ko‘ra, subyekt mol-mulki va daromadi (foydasi) dagi
bashorat qilingan o‘zgarishlarga binoan o‘lchansa, ikkinchidan,
sug‘urtachi tomonidan mas’uliyat olinishi, riskning ma’lum qismi
6-chizma. Sug‘urta faoliyatini samarali tashkil etish bosqichlari.
1
Transformatsiya (lot. transformatio) — bir shakldan boshqa shaklga
o‘tkazish ma’nosida (bu o‘rinda qayta sug‘urtalash nazarda tutilgan (izoh
muallifniki.)// Qarang. Mþëëåð Â.K. Àíãëî-ðóññêèé ñëîâàðü: 53000 ñëîâ.—
18-e èçä. ñòåðåîòèï. — M.: Ðóñ. ÿç., 1981, — ñ. 781.
3 — Sug‘urta ishi
3 4
boshqa sug‘urtachiga, ya’ni qayta sug‘urtalovchiga o‘tkazilganligiga
asoslanib amalga oshiriladi. Sug‘urtada zararning umumiy taqsi-
motini hisoblash imkoniyatidan kelib chiqib, uning umumiy
approksimatsiyasi, ya’ni me’yoriy taqsimoti asoslanadi.
Sug‘urtada mavjud bo‘lgan risk siyosati nazariyasida bunday
approksimatsiya qo‘llanilishiga qanday cheklashlar ta’sir etishi alo-
hida ko‘rsatib berilgan.
Risk transformatsiyasining birinchi bosqichida uni qoplash uchun
sug‘urta tashkilotining mablag‘lari yetarliligi solishtiriladi. Sug‘ur-
tachi subyektning zaxiraga bo‘lgan ehtiyoji, ya’ni sug‘urta zaxirasi-
ning mutloq likvidlilik uchun talab etiladigan hajmi aniqlanadi. Agar
sug‘urta risklari hajmi undan katta bo‘lsa, risk transformatsiyasining
ikkinchi bosqichiga o‘tiladi, ya’ni umumiy zarar taqsimoti
o‘zgartiriladi yoki sug‘urta zaxirasi ko‘paytiriladi. Bu jarayonda qayta
sug‘urtalashning ahamiyati yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Risk transformatsiyasining ikkinchi bosqichida, birinchi su-
g‘urtachi o‘zining likvidlilik darajasidan ortiqcha bo‘lgan riskni
boshqa sug‘urtachiga jamlangan sug‘urta mukofotlarining muvofiq
ravishdagi summasi bilan birgalikda taqdim etadi.
Odatda, har doim ham sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar,
sug‘urta tashkiloti aktivlarining hajmi yopiq bo‘ladi. Sug‘urtachi tu-
zilgan shartnomaga ko‘ra, sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda,
o‘z zimmasiga olgan majburiyatiga binoan, zaxira kapitalidan yoki
undirilgan mukofotlar hisobidan qoplama to‘lovini amalga oshiradi.
Bu qoplama bir vaqtning o‘zida yoki hayot sug‘urtasi bo‘yicha renta
to‘lovlari sifatida belgilangan muddatlarda to‘lanishi mumkin. Su-
g‘urta tashkilotining bu davrdagi faoliyati zararni qoplash deb ataladi.
Yuqorida keltirilgan bosqichlar tahliliga asoslanib, shuni ta’-
kidlash mumkinki, sug‘urta faoliyati «risk transferi — risk
transformatsiyasi — zararni qoplash» kabi alohida o‘zaro bir-biri
bilan bog‘liq bosqichlarni qamrab oladi. Bu bosqichlarda sug‘ur-
tachining riskni zimmasiga olishi va uni tadqiq etishi orqali yuz
berishi mumkin bo‘lgan sug‘urta hodisasi oqibatida, ko‘rish ehti-
moli bo‘lgan zararning oldini olish yoki uni kamaytirish sa’y-
harakatlari zanjiri tasniflanadi. Bunday faoliyat sug‘urta shart-
nomasi amal qilishi davrida olib boriladi.
Sug‘urtachi tomonidan amalga oshirilgan barcha sa’y-harakat taq-
dim etilgan hisob-kitob va hisobotlar tizimida hamda sug‘urta za-
xirasini boshqarishning o‘ziga xos maxsus shakllarida aks ettiriladi.
3 5
Risklar transferi jarayonida undirilgan sug‘urta mukofoti
evaziga sug‘urta zaxirasi shakllantiriladi. Zaxira mablag‘lari su-
g‘urtachi tomonidan asosan ishlab chiqarish omillarini sotib olish-
ga sarflanadi.
Sug‘urta vaqt-davriy oralig‘i bilan qat’iy bog‘liqdir. Bu oraliq
doimo ham moliyaviy yoki buxgalteriya hisobotlari davri bilan
mos tushavermaydi. Amalda bo‘lgan shartnomalar bo‘yicha
qoplamani to‘lash ehtimoliga ko‘ra, sug‘urtachida doimo unga
muvofiq ravishdagi zaxira mablag‘lari mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Shartnomaning amal qilishi davrida sug‘urta hodisasi yuz ber-
masligi ham mumkin. Bu sharoitda sug‘urtachining zaxira mab-
lag‘larini (bo‘sh turgan qismini) investitsiyaga yo‘naltirish
imkoniyati ortadi. Sug‘urtachi shunday imkoniyatdan samarali
foydalanish hisobiga, hisobot davrining oxiriga kelib, yana
qo‘shimcha mablag‘lar tushishiga erishishi mumkin.
Shartnomaning foydalilik ko‘rsatkichi sug‘urtachi uchun un-
dirilgan mukofotlar summasi bilan o‘lchansa, ko‘rilishi ehtimol
bo‘lgan zarar esa, sug‘urta hodisasi yuz berganda, to‘lanishi kerak
bo‘lgan qoplama qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urtalangan riskdan
ko‘rilish ehtimoli bo‘lgan zararga nisbatan, sug‘urta faoliyatining
daromadliligi SM(NS) > SQ ko‘rinishda, ya’ni sug‘urta
mukofotlari (SM) netto-stavka (NS) sifatida sug‘urta qoplamasi
(SQ)dan katta bo‘lishi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bu jarayonda sug‘urtachi tomonidan ma’lum uslubiyatlarga asos-
lanib, har bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha jamlangan mukofot sum-
masining turli omillar ta’siri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan zararlilik
ko‘rsatkichi ham aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich sintetik kattalik bo‘lib,
sug‘urta hodisalarining soni va takrorlanishiga, ya’ni har bir sug‘urta
hodisasi bo‘yicha o‘rtacha zarar darajasi risk kattaligi (har bir su-
g‘urta hodisasi va uning yuz berishi oqibatida zarar ko‘rgan
obyektlarning soni) ga, ya’ni zarar ko‘rgan obyekt bo‘yicha sug‘urta
qoplamasining bir shunday obyekt bo‘yicha undirilgan sug‘urta mu-
kofoti summasiga yoki sug‘urta portfeli bo‘yicha risklarning o‘rta-
cha sug‘urta bahosiga nisbatan aniqlanadi.
Sug‘urtachining riskni baholashi ham subyektiv bo‘lib, u
ko‘pincha olingan majburiyatlari evaziga shakllantirilgan sug‘urta
portfeli tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar nisbati foydali deb topil-
gan har qanday riskni sug‘urtachi o‘z zimmasiga olishi mumkin.
3 6
Shuningdek, sug‘urtachi umumiy baholash mezonlari asosida ham
riskni sug‘urtalash yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
Sug‘urtalash borasida riskni umumiy baholash mezonlari
jumlasiga:
— zarar ko‘rilishining tasodifiyligi (ehtimolligi);
— zararni bahosiga ko‘ra taqsimlash mumkinligi;
— har bir alohida risk bo‘yicha zarar taqsimotining o‘zaro
bog‘liq emasligi;
— zararning maksimal kattaligini baholash mumkinligi kabi-
lar kiradi.
Sug‘urtachining sug‘urta risklarini
1
sug‘urtalash bo‘yicha qaror
qabul qilishida zararning tasodifiy xarakterga ega ekanligi muhim
o‘rin tutadi. Bu nisbiylikda risk yuz berishi ehtimoli mavjud deb
topilsa-da, tasodifiylikning o‘rni ahamiyatli bo‘lib qolaveradi. Bunga
sabab, birinchidan, umumiy sug‘urtada har bir shartnomaga ko‘ra
sug‘urta hodisasi yuz bermasligi ham mumkin, ikkinchidan, risk-
ning yuz berish vaqti noma’lumligi (masalan, hayot sug‘urtasida)
uning tasodifiy xarakterga ega ekanligi bilan izohlanadi. Tasodi-
fiylik esa, doimo o‘zida noma’lumlikni mujassam etadi.
Sug‘urta faoliyatini samarali tashkil etish uchun, har bir sug‘urta-
chi o‘z zimmasiga olgan risklarni minimallashtirish vazifasini uddalashi,
o‘zining moliyaviy barqaror bo‘lishini ta’minlashi talab etiladi.
Bu talabdan kelib chiqib, sug‘urtalanuvchilar o‘rtasidagi risklar
va mablag‘larning shartnoma muddatlariga ko‘ra davriy
kenglikdagi qayta taqsimoti amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, bir
sug‘urtachi daromadining ma’lum qismini ikkinchisiga o‘tkazadi.
Bu bog‘liqlik risk transferi jarayonida yanada yaqqolroq namoyon
bo‘lishini ta’kidlaymiz.
Sug‘urta faoliyatining o‘ziga xosligi jamiyat rivojlanishining
turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarida sug‘urta risklari
mavjudligida namoyon bo‘ladi hamda amalda bo‘lgan
shartnomaga muvofiq sug‘urtalanuvchi ko‘rishi ehtimol bo‘lgan
zararni qoplash yuzasidan sug‘urtachining mas’uliyatini keltirib
chiqaradi.
1
Sug‘urta risklari (xalqaro amaliyotda «Insurable risks» termini bilan
ifodalanadi) — sug‘urtada tasodifiylik xarakteridagi hodisa yoki hodisalar majmui
bo‘lib, ular yuz berishi ehtimoliga ko‘ra sug‘urtalash nazarda tutiladi (tarjima
muallifniki). Qarang: Îñíîâû ñòðàõîâàíèÿ äåÿòåëüíîñòè: Ó÷åáíèê /Oòâ.
ðåä. ïðîô. T.A. Ôåäîðîâà. — M.: Èçäåòåëüñòâî BEK, 1999, ñ. 371.
|