tomonlar uchun foydaliligi.
2 9
tida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararni qoplash qanday darajada
ta’minlanganligi bilan o‘lchanadi. Sug‘urtalanuvchi tomonidan
shartnomaga binoan, sug‘urta mukofotini shartnoma tuzilgan
vaqtning o‘zidayoq to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Sug‘urta shartnomasini tuzish va uning amal qilish davrida
mijoz doimo sug‘urtachining e’tiborida ekanligini, sug‘urta mu-
kofotlari hisobiga o‘zi uchun ishonchli himoyani sotib olganligini,
tanlagan sug‘urta tashkiloti samarali boshqarilayotganligi hamda
uning manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilayotganligini his etishi
muhimdir.
Shu o‘rinda, subyektiv omillarning ta’siri ortishini qayd etish
lozim. Natijada ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan bir xil risk bir subyekt
tomonidan sug‘urtalanishi amalga oshirilsa, ayni vaqtda shunday
risk boshqa bir subyekt tomonidan sug‘urtalanmasligi ham
mumkin.
Sug‘urta riski yuzasidan ehtimollikka ko‘ra, sug‘urta ta’mino-
tiga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiruvchi qator omillar subyektlar
tomonidan talab sifatida qo‘yilishi mumkin. Ular jumlasiga:
— iqtisodiyotda nodavlat tarmog‘ining kengayishi;
— uy-joy fondlarining xususiylashtirilishi;
— aholi turmush darajasining oshib borishi kabi qator omillar
kiradi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mijozning sug‘urtaga bo‘lgan talabi
uning faoliyati bilan uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Mazkur
talab darajasiga aynan:
— mulkchilik shakli va uning holati;
— ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) hajmi va
amalga oshirilayotgan operatsiyalar turi;
— tizimning tashkiliy-moliyaviy tarkibi, shuningdek, undagi
ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) birlashmalari soni;
— subyektning faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki yoki tashqi omillar
hamda uning qanday mamlakat hududida amalga oshirilayotganligi;
— boshqaruv usuli;
— xodimlar tarkibi;
— tashkilot maqsadi va unga erishish yo‘lida amalga oshirila-
yotgan sa’y-harakatlar kabi qator omillar ta’sir etadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan omillarning xilma-xilligi va har bir
subyekt tomonidan sug‘urtaga bo‘lgan obyektiv talab mavjudligi
bu xizmatdan foydalanish zaruratini yuzaga keltiradi.
3 0
Subyektning sug‘urtaga bo‘lgan talabi bir butun majmua sifa-
tida namoyon bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, sug‘urta tashkiloti,
birinchidan, son jihatdan cheklangan doiradagi kutilgan sug‘urta
mukofotlari tushumiga ega bo‘lsa, ikkinchidan, unda sug‘urtaga
qabul qilgan risklarini guruhlash imkoniyati ham yuzaga keladi.
Keyingi yillarda, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitning o‘zgarishi, iqtisodiyotda yangi texnologiyalar qo‘llanila
boshlashi natijasida, tovar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat
ko‘rsatish) usullarini yanada takomillashtirish zarurati subyekt-
lardan o‘z faoliyatlarini yangi asosda tashkil etishlarini davr ta-
labiga aylantirdi. Bu holat katta korxonalar darajasida samara-
dorlik oshishiga olib kelsa, kichik va o‘rta biznes subyektlarining
moliyaviy resurslari taqchilligi oqibatida ularning iqtisodiy ahvolini
og‘irlashtirishi mumkin.
Bu jarayonda subyektlarning bir tomondan, tashkiliy-tarkibiy
o‘zgartirishlarga bo‘lgan intilishlari faollashgan bo‘lsa, boshqa
tomondan, ularning risklardan himoyalanishga bo‘lgan ehtiyojlari
ham ortganligi kuzatildi. Buning oqibatida subyektlarning zarar-
larni qoplash yuzasidan manfaatli diversifikatsiyaga bo‘lgan sa’y-
harakatlari ham kengaydi.
O‘z marketing tadqiqotlariga asoslanib, qator sug‘urta tashkilotla-
ri asosiy faoliyatlarini katta korxonalarga qaratganliklari, ya’ni katta
risklarni sug‘urtalashni o‘z zimmalariga olishlari kuzatilmoqda.
Sug‘urtachi subyektlar qoplama to‘lovini amalga oshirish imkoniyatlari
orqali o‘z takliflari bilan chiqqan bo‘lsa, boshqa tomondan, ular maxsus
loyihalarni amalda oshirishga ham yordam ko‘rsatishlari mumkinligi
manfaatdor tomonlarning o‘zaro hamkorlikka bo‘lgan intilishlari
ortishiga olib keldi.
Qator rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes subyektlarining
umumiy korxonalar sonidagi salmog‘i 80—90 foizni tashkil etadi
1
.
Tarkibiy-tashkiliy tuzilishi hamda moliyaviy holatlariga ko‘ra, ushbu
tadbirkorlik subyektlarining imkoniyatlari cheklangandir. Bu
cheklanganlik mablag‘ yetishmasligini keltirib chiqarishi oqibatida
ular turli risklardan o‘z himoyalarini mustaqil ravishda ta’minlay
olmaydi. Bu holat esa, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotlari uchun
istiqbolli imkoniyatlar ochadi.
1
Øàìõàëîâ Ô. È. Ãîñóäàðñòâî è ýêîíîìèêà: (âëàñòü è áèçíåñ)./ Îòä.
ýêîí. ÐÀÍ; íàó÷. — ðåä. ñîâåò èçä-âà «Ýêîíîìèêà», M.: OAO Èçäàòåëü-
ñòâî «Ýêîíîìèêà», 1999. ñ. 40.
3 1
Hozirgi sharoitda ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan risklar tadbirkor-
lik faoliyati yo‘nalishini tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar-
dan biri bo‘lib qolmoqda. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish
(ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) da hamkorlik kengayishi natija-
sida eksport kreditlari sug‘urtasi obyektlari ortishi sug‘urta fao-
liyatining yangi obyektlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Tijorat banklari risklarining sug‘urtasi bunga misol bo‘la oladi.
Bu risklarning asosiylari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda namoyon
bo‘lmoqda. Ular jumlasiga:
— moliyaviy qarorlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan risk-
lar;
— kredit risklari;
— aktivlarning bozor bahosida tez sotilishga bo‘lgan ishonch
susayishi bilan bog‘liq bo‘lgan risklar;
— qarz foiz stavkalari darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan turkum
risklar kiradi.
Risklar bilan bog‘liq voqea va hodisalarning soni hamda sifa-
tini baholash zarurati subyektlardan ularni aniqlashtirishni talab
etmoqda. Masalan, risk kattaligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni
aniqlash uchun yil davomida ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan zararning
eng yuqori darajasi yoki ehtimollikka ko‘ra uni taqsimlash ta-
moyili qo‘llaniladi.
Hisob-kitoblarning ishonchlilik darajasi ularni olib boruvchi-
larning kasbiy mahoratiga bog‘liqdir. Ular tomonidan sof risk
bilan ko‘rilishi ehtimol deb topilgan zararning kattaligi qanday
nisbatda namoyon bo‘lishini oldindan aniqlash muhimdir.
Ehtimollikka ko‘ra, yuz berishi mumkin bo‘lgan risk mavjudligi
sharoitida, iqtisodiyot subyektlari ularni o‘z ichki imkoniyatlari
bilan hal etishdan manfaatdordir. Sug‘urtaga bo‘lgan talab risk
bo‘yicha qo‘shimcha qoplama olish zarurati yuzaga kelgan
hollarda o‘zini oqlaydi.
Subyektda risk mavjudligi, uning oqibatida ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan
zararni o‘z mablag‘lari hisobidan mustaqil ravishda qoplay olmasligi
sug‘urta himoyasini talab etadi, bu esa, o‘z navbatida, sug‘urta faoliyati
rivoji uchun shart-sharoitni yuzaga keltiradi. Albatta, risklar bo‘yicha
sug‘urta qoplamasini olishga bo‘lgan ehtiyojning ortishi yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan o‘z-o‘zidan sug‘urtadan foydalanish
ortganligini anglatmaydi. Bunday xizmatga bo‘lgan talabning ortishiga
boshqa iqtisodiy omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
3 2
Yuqoridagi yondashuvdan kelib chiqib, sug‘urta tashkiloti fao-
liyatini risklar transferi, transformatsiyasi va ko‘rilgan zararlarni
qoplash vositasi sifatida qarash taklif etiladi.
Risk transferi — subyektning risklarni
ishlab chiqarish omili sifatida namoyon
etishidir. Bunda ishlab chiqarish vosita-
lari, shuningdek, tashqi (boshqa) tashkilot yordamida alohida
risklar sug‘urtalanuvchidan sug‘urtachiga o‘tkaziladi, so‘ngra bu
risklar qayta ko‘rib, o‘rganib chiqiladi. Bunday xizmat evaziga
sug‘urtalanuvchidan sug‘urta mukofoti undirib olinadi.
«Sug‘urtalanuvchi-sug‘urtachi» subyektlarning o‘zaro o‘rin al-
mashishlari jarayonida, sug‘urtaning mohiyati to‘laroq namoyon
bo‘ladi. Dastlab sug‘urta mukofoti undiriladi, so‘ngra esa, sug‘urta
hodisasi yuz bergan taqdirda, sug‘urta qoplamasi ta’minlanadi.
Bizning fikrimizcha, bu jarayonda sug‘urta risklarini alohida
tasodifiy-davriy shaklda qayd etish zarurati yuzaga keladi.
Sug‘urta hodisasining yuz berishi ehtimollikka ko‘ra, tasodifiy
voqea hisoblanadi Bunda ehtimollar nazariyasi asosida sug‘urtachi
subyekt risk hodisasi yuz berishini oldindan aniqlashtirishi mumkin
bo‘ladi. Davriy-tasodifiy holatlar bir-biridan farqli ravishda
namoyon bo‘lishidan kelib chiqib, har bir sug‘urta shartnomasida
riskni sug‘urtalashning o‘ziga xos bo‘lgan alohida tomonlari va
shartlarini qayd etish lozim. Bu sug‘urta shartnomasi munosa-
batlari ehtimollikka ko‘ra, riskni taxmin hamda «bevosita
muroqaba»
1
etishga asoslanib tuziladi.
Sug‘urta shartnomasi, birinchidan, o‘zida turli risklar bo‘yicha
qoplamani amalga oshirish ehtimolligini nazarda tutsa, ikkinchi-
dan, u har bir mijoz bilan alohida tuziladi, ayni vaqtda riskning
yuz berishi ehtimoliga ko‘ra ham farqlanadi. Mana shunday farq-
lanish sug‘urtani sohalar bo‘yicha tasniflash uchun asos hisob-
lanadi.
Risk holatlariga ko‘ra, zarar darajasi va uning taqsimoti tur-
licha bo‘ladi. Shunga ko‘ra, risklarni sug‘urtalashda, dastlab ularni
alohida guruhlash talab etiladi.
Bu jarayonda omillarni aniqlashtirish asosida har bir subyekt
uchun risk namoyon bo‘lishining o‘ziga xosligiga ko‘ra guruhlash
Dostları ilə paylaş: |