2 5
zilgan bo‘lsa-da, unga muvofiq ravishdagi xizmat hali ko‘rsatil-
magan bo‘lib, bu summaning bir qismi «hali ishlab topilmagan»
hisoblanadi. Sug‘urta mukofoti «ishlab topilgani»dan so‘ng, uning
bir qismi ogoh etish zaxirasiga o‘tkaziladi, ular belgilangan tartibda
daromad (foyda) solig‘iga tortiladi.
— Zararlarni qoplash zaxiralari. Uning hajmi potensial to‘lovlar
hamda 3 foiz atrofidagi tadbirlarni olib borish uchun ajratilgan
xarajatlar summasidan iborat bo‘ladi. Sug‘urta holatiga ko‘ra,
sug‘urtalanuvchining arizasiga binoan, sug‘urtachi zaxiradan qoplama
summasini to‘lash uchun tayyorlaydi, ammo ko‘rilgan zarar sabablarini
aniqlashtirish natijasida sug‘urtalanuvchining aybi bilan sug‘urta
hodisasi yuz bergan bo‘lsa, qoplama to‘lanmasligi ham mumkin.
— Ogoh etuvchi tadbirlar uchun zaxira. Bu zaxira maqsadli
bo‘lib, uni xarajat qilish maxsus vakolatli Davlat organi tomonidan
ishlab chiqilgan Nizomga ko‘ra amalga oshiriladi. Mazkur
tadbirlar sug‘urtalanuvchi bilan kelishilgan holda olib boriladi.
Bu tadbir sug‘urtalanuvchi tomonidan bajariladi, sug‘urtachi esa
uni moliyalashtiradi, xolos.
Zaxiralarning yana boshqa turlari ham mavjud.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sug‘urta tashkiloti tomonidan
sug‘urtalash, o‘zaro sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash operat-
siyalarini amalga oshirishda, boshqa iqtisodiy faoliyatdan farqli
ravishda, sug‘urta xizmati o‘ziga xoslikka egadir
1
.
Har bir shartnoma bo‘yicha sug‘urta xizmati tannarxini
aniqlash imkoniyati cheklangan. Negaki, sug‘urta tashkiloti o‘z
faoliyatining moliyaviy natijalarini har bir shartnomaga ko‘ra
emas, balki jami sug‘urta turlari bo‘yicha amalda bo‘lgan barcha
shartnomalarning umumiy summasiga asoslanib aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka binoan,
sug‘urta tashkilotlari tomonidan bir vaqtning o‘zida hayot
sug‘urtasi va umumiy sug‘urtani amalga oshirishlari, xuddi xalqaro
amaliyotda bo‘lgani kabi, man etilgan
2
. Sug‘urta shartnomasi
shartlarida qayd etilgan sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida
ko‘rilgan zarar qoplanishi shart. Buning uchun sug‘urta tashkiloti
maqsadli zaxira mablag‘laridan foydalanadi.
1
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 914, 929, 930,
939, 941, 959, 960-moddalar. T.: «Adolat». 1996. 408—433-betlar.
2
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonuni, 15-modda.
2 6
Yuqorida bayon etilgan sug‘urtaning nazariy-uslubiy asoslari-
dan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, sug‘urtachining asosiy
maqsadi aynan zaxira mablag‘laridan samarali foydalanishi orqali
daromad olishga qaratilgandir.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda sug‘urtaning tub
ma’noda tadbirkorlik faoliyatiga aylanishi uchun quyidagi ma’lum
shartlar bajarilishi talab etiladi:
— birinchidan, sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
ixtisoslashgan tashkilot sug‘urta xizmatini ko‘rsatishi hamda
raqobatli muhitda muvaffaqiyatli ishlashi uchun o‘z moliyaviy
barqarorligini mustahkamlashi, filiallar tarmog‘ini kengaytirishi;
— ikkinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urta
zaxirasini shakllantirish jarayonida bevosita ishtirok etish
imkoniyatlarini kengaytirishi, ayni vaqtda ular tomonidan sug‘urta
xizmatiga talabning ham yuqori bo‘lishiga erishishi;
— uchinchidan, turli mulkchilik shaklidagi iqtisodiyot
subyektlar, xususan, davlat (budjet mablag‘larini jalb etmagan
holda) ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) jarayonida
yuz berishi ehtimol bo‘lgan risklar bo‘yicha, kutilmagan zarar va
yo‘qotishlarni qoplash mexanizmi sifatida sug‘urta faoliyati
rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishi kabilar.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, sug‘urtaga bo‘lgan talabga
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholining tabiiy ehtiyojlari sifatida
qaramaslik lozim. Bizga ma’lumki, tabiiy ehtiyojlar to‘g‘ridan
to‘g‘ri anglaniladi hamda har bir subyekt ularni o‘zi uchun
namoyon etib, bunday ehtiyojlarini qoniqtirishga harakat qiladi.
Sug‘urta va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini tadqiq etish shuni
ko‘rsatmoqdaki, boshqa subyektlar bilan o‘zaro munosabatlarni
amalga oshirishda, ularning ishtirokchilari ishlab chiqarish (xizmat
ko‘rsatish, ishlarni bajarish) jarayonidagi iqtisodiy-huquqiy va boshqa
qator majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladi. Bu mas’uliyat esa,
subyektning o‘z mulki yoki mulkchilikdagi hissasi bo‘yicha ko‘rishi
ehtimol bo‘lgan risk mavjudligidan kelib chiqib, ularning sug‘urta
faoliyatiga bo‘lgan talabini yuzaga keltiradi. Shuningdek, iqtisodiy,
texnologik, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning murakkablashuvi
zamirida qo‘shimcha risklar ham namoyon bo‘ladi.
Sug‘urta risklarining hududlarga ko‘ra, kengligi, davriyligi va
xilma-xilligi, shuningdek, ularning oldini olish hamda qoplash sarf-
xarajatlarining o‘sib borayotganligi ham sug‘urtaning ahamiyatini
2 7
yanada oshirib, unga bo‘lgan talabni orttiradi. Aynan shunday
talabning mavjudligi sug‘urta faoliyati natijasi foydali bo‘lishi va uning
istiqboldagi rivoji uchun zaruriy shart-sharoitni yuzaga keltiradi.
Dostları ilə paylaş: