1. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashning zarurligini
tushuntirib bering.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida»gi Qonunida
notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish haqida nimalar deyilgan?
3. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomani
tuzishda sug‘urtalovchi qanday hujjatlarni talab etishi mumkin?
4. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomasi
qachon kuchga kiradi?
5. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomada
qanday rekvizitlar bo‘lishi talab etiladi?
6. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashda sug‘urta summasi
qanday aniqlanadi?
7. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma
qaysi holatlarda bekor etilishi mumkin?
8. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash shartnomasiga ko‘ra
sug‘urtalovchi qanday huquqlarga ega bo‘lishi mumkin?
9. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi deganda nimani tushunasiz?
10. Notariuslarning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma-
ning boshqa sug‘urta shartnomalardan farqi nimada?
21-mavzu. Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalashning zarurligi. Auditorning kasbiy javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta shartnomasining tuzilishi. Auditorning kasbiy javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tarif- larini aniqlash va sug‘urta da’volarining ko‘rib chiqilishi. Respublikamizning qator sug‘urta kompa-
niyalari ayni paytda auditorlarning kasbiy
javobgarligini sug‘urta qilishni amalga
oshirmoqda. Ushbu holatda quyidagilar su-
g‘urtalanuvchilar hisoblanadi: auditorlar —
belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga
ega auditorlik firmalari.
Sug‘urtalanuvchining mijoz oldidagi auditorlik tekshiruvini
o‘tkazish uchun ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma va amaldagi
qonunchilikdan kelib chiqadigan mulkiy javobgarligi sug‘urta
obyekti hisoblanadi. Sug‘urtachi sug‘urta shartnomasiga muvofiq